So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  3 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

MOFA “CAFA U-16 championship”musobaqasini keng yoritadigan OAVlarni taqdirlaydi Yangiliklar

MOFA “CAFA U-16 championship”musobaqasini keng yoritadigan OAVlarni taqdirlaydi

O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol associaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 3-10 iyul kunlari poytaxtimiz tarixda birinchi marta U-16 mintaqa chempionatiga mezbonlik qilishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ushbu musobaqada O'zbekiston, Tojikiston, Afg'oniston va Qirg'izistonning 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilaridan iborat terma jamoalari ishtirok etishadi. Uchrashuvlar “Milliy” hamda “Lokomotiv” stadionlarida bo'lib o'tadi.

Markaziy Osiyo futbol associaciyasi ushbu musobaqani yuqori saviyada tashkil etilishi hamda unga bo'lgan muxlis-u mutaxassislarning etiborni yanada oshirish maqsadida keng ko'lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, mazkur musobaqani keng miqiyosda yoritib boradigan ommaviy axborot vositalari 4 ta yo'nalish bo'yicha aniqlanadi: “Musobaqani keng yoritib borgan eng yaxshi TV”, “Musobaqani keng yoritib borgan eng yaxshi radio”, “Musobaqani keng yoritib borgan eng yaxshi sayt” hamda “Musobaqani keng yoritib borgan eng yaxshi gazeta”. Musobaqa yakunida har bir yo'nalish bo'yicha eng yaxshi deb etirof etilgan OAV MOFA tomonidan taqdirlanadi.

Takidlab o'tamiz, U-16 Markaziy Osiyo chempionati bahslari uchun OAV vakillarini akkreditaciyadan o'tkazish jarayoni bugun yakuniga etadi. “CAFA U-16 championship” musobaqasi uchrashuvlarini bevosita stadionning o'zidan yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o'z hodimlari ro'yxati (“zayavkasi”)ni quyidagi elektron pochtaga (media@the-cafa.com) jo'natishlari talab etiladi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика