Modrich Anchelottining taklifiga javob qaytardi
21 fev 2024 08:33
Yangiliklar
Modrich Anchelottining taklifiga javob qaytardi
“Real Madrid” ustozi Karlo Anchelotti Luka Modrichga mavsum yakunidan so'ng uning murabbiylik shtabiga qo'shilishini taklif qilgandi.
Biroq Luka Modrich Karlo Anchelottining kelasi mavsumda murabbiylar shtabiga qo'shilish taklifini rad etdi. Biroq taklif uchun murabbiyga o'z minnatdorchiligini bildirgan.
Xorvatiyalik futbolchi yana kamida bir mavsum o'ynay olishini his qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq joriy mavsum kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi ekanligini malum qilgandi. Xorvatiyalik yarim himoyachi o'tayotgan mavsum barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning maydondagi daqiqalari 1461 minutni tashkil qiladi. SHu vaqt orasida Luka 1 ta gol urdi va 6 ta golga uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar