So’nggi yangiliklar

20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  0 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  0 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  4 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  8 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  16 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  6 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  5 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0

"MLSdan taklif, "Al Nasr", 17-raqamni olishi va "Paxtakor" haqida" - Dostonbek Hamdamov bilan intervyu Yangiliklar

"MLSdan taklif, "Al Nasr", 17-raqamni olishi va "Paxtakor" haqida" - Dostonbek Hamdamov bilan intervyu

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov yaqinda BAAning "Al Nasr" klubi bilan shartnoma tuzdi.

15 yanvar kuni hamyurtimiz yangi klubi safidagi ilk uchrashuvni ham o'tkazishga ulgurdi. Biz Dostonbek bilan bog'lanib bir qator savollar bilan murojaat qildik.

- "Al Nasr"dan olingan ilk taassurotlar qanday?

- Jamoaga yaqinda kelib qo'shildim. Debyut uchrashuvimni ham o'tkazishga ulgurdim. Taassurotlar ajoyib. SHaroitlar ham alo darajada ekan. Jamoaga moslashish oson kechmoqda.

- Oldingizda yana qaysi klub yoki chempionatlardan taklif bor edi?

- To'g'ri bir qator variantlar bor edi. Biroq aynan qaysi davlat yoki qaysi klubdan takliflar borligidan xabarim yo'q edi. Transferim bilan shug'ullangan akalarim bu malumotlarni menga aytishmadi. "Al Nasr" bilan shartnoma tuzdim va endi bu takliflarni eslashning o'rni emas.

- O'z vaqtida Rossiyaning "Anji" klubida o'ynagansiz, hozir "Al Nasr"da faoliyat olib borayapsiz. Bu jamoalarni taqqoslasak qanday farqlarni ko'rish mumkin?

- SHaroitlarida, o'yin uslubida, chempionatda xullas ko'p jihatlarda juda katta farqlar bor. Har ikkala klubning ham o'ziga yarasha qiziq tomonlari bor.



- "Paxtakor"dagi o'zgarishlarga qanday munosabatdasiz? SHota Arveladze, Jaloliddin Masharipov va siz jamoani tark etdingiz...

- O'ylashimcha juda katta o'zgarish sodir bo'lmadi. Sababi "Paxtakor"da etakchilar juda ko'p edi. Biz jamoaviy o'yin hisobiga g'alabalarga erishardik. To'g'ri bosh murabbiy o'zgarishi jamoaga tasir qilishi tabiiy, chunki u klubga yangi muhit, yangi o'yin uslubi olib kirdi. Lekin uning yordamchisi Piter Xyuistra SHota Arveladze bilan birga ishladi va jamoa haqida juda yaxshi tasavvurga ega. O'ylaymanki jamoa yanada kuchayadi.

- Klub sizga qanday sharoitlar yaratib berdi?

- "Al Nasr" alohida uy berdi, lekin mashina hali bergani yo'q. Sababi Dubay yo'llarini hali yaxshi bilmayman va bu erning haydovchilik guvohnomasini olishim kerak.

- Klubda sizdan oldin o'ng qanotda o'ynagan legioner futbolchi shartnomasi tugab jamoani tark etdi. Qizig'i uning raqami 17 edi. Buni bilarmidingiz?

- "Al Nasr"ga kelishimdan oldin 17-raqam band ekanligini bilardim. O'sha futbolchidan agar xafa bo'lsang boshqa raqamni olaman deb aytdim, ammo legioner futbolchi 17-raqamni olishim mumkinligini sababi shartnomasi tugab jamoadan ketayotganini malum qildi.

- O'tgan yil so'nggida sizga AQSH klublaridan taklif bo'ldi degan xabarlar chiqqandi. SHu xabar rostmidi?

- Ha bu xabar rost edi. Menga qo'ng'iroq qilib shunday variant bor shu transfer ustida ishlasak maylimi deb so'rashdi, rozi bo'lgandim. Yakunda "Al Nasr" variantini tanladim.



- "Al Nasr" va "Paxtakor"dagi maoshni taqqoslasak...

- Bu savolingizni ochiq qoldiraman, bu sir bo'lib qolaqolsin.

- Bosh murabbiy birinchi o'yindan oldin sizga nimalar degani qiziq.

- Murabbiy mening jismoniy holatimdan xabardor edi. Dekabr oyi so'nggida mavsumni tugatganimni bilardi. SHu bois mendan ko'p narsa talab qilgani yo'q. Biroq o'zimda ishtiyoq juda kuchli edi, balki shu uchundir asosiy tarkibda tushirdi. Bosh murabbiy bilan munosabatim ajoyib.

- "Paxtakor" va uning muxlislariga aytar gapingiz bormi?

- "Paxtakor" rahbariyatiga ham berilgan imkoniyat uchun katta rahmat aytaman. Jamoaga ham omad tilayman, Osiyo chempionlar ligasida, Superliga va kubok bahslarida g'olib bo'lishlarini tilayman. Muxlislarga minnatdorchilik bildiraman, doim o'zbek futboli va "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlashlariga tilakdoshman.

Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика