"Mixed zone". Jasur Jaloliddinov: "Diyor Rahimqulovning orzusini ro'yobga chiqarishimiz kerak"
04 iyu 2022 23:43
Yangiliklar
"Mixed zone". Jasur Jaloliddinov: "Diyor Rahimqulovning orzusini ro'yobga chiqarishimiz kerak"
Bugun bo'lib o'tgan Qatar U-23ga qarshi maydonga chiqqan futbolchilarimiz yirik 6:0 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov mikst-zonada fikrlarini bildirib o'tdi.
"SHunday tarzda g'alaba qozonishni istagan edik, deya olaman. CHunki dastlabki turdan so'ng turli savollar yuzaga kelgandi. O'sha kuni birinchi o'yin, boz ustiga Turkmaniston chuqur himoyalangandi. SHu bois guruhdan chiqish masalasini so'ngi turga qoldirganimiz yo'q.
Avvalgi uchrashuvdan keyin tanqidlarga etibor berganim yo'q. Biz bir jamoamiz. Hozir gaplarga ahamiyat beradigan payt emas. O'z yo'limizda davom etamiz.
Birinchi umuman hamma golimni do'stim Diyor Rahimqulovga bag'ishlashni maqsad qilgandim. Uning orzusini amalga oshirishimiz kerak. SHu ruhda davom etamiz. Taxminimcha, keyingi bosqichda Iroq yoki Iordaniyaga ro'baru kelishimiz mumkin", - deydi Jasur Jaloliddinov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar