"Mixed zone". Ahmad Agamurodov: "Syurpriz? Balki finalda O'zbekiston bilan o'ynarmiz"
08 iyu 2022 08:21
Yangiliklar
"Mixed zone". Ahmad Agamurodov: "Syurpriz? Balki finalda O'zbekiston bilan o'ynarmiz"
O'tgan turda Eronni mag'lubiyatga uchratgan Turkmaniston guruhdagi so'nggi o'yinda Qatar bilan durang o'ynadi (2:2). Bu esa ularga navbatdagi bosqichga chiqishi uchun etarli bo'ldi. O'yindan so'ng Turkmaniston bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Juda xursandmiz. O'yin qiyin o'tdi. Mamlakatimizdagi har bir fuqaroni mazkur g'alaba bilan tabriklayman. Syurpriz? Biz boshqa sovg'a qilmoqchi edik. Yani guruhda birinchi o'rinni olishni istagandik. Lekin o'xshamadi. Xudoga shukur muhimi guruh bosqichini ijobiy natija bilan tugatdik",- deydi murabbiy.
- Guruhdagi raqiblarning darajasi Turkmanistondan ancha baland hisoblanardi. Uchta o'yinni taqoslay olasizmi?
- Men uchun O'zbekiston hammasidan ham kuchli bo'lib qolaveradi. Qolgan raqiblar bizning kuchimizga etarli baho bera olmagani bizning muammo emas (kuladi). O'zlari aybdor.
- Jamoa xarakter borligini ko'rdik...
- Bular futbolchi emas, balki haqiqiy erkakdirlar. Oxirigacha kurashamiz. Avstraliya bilan ham shunday bo'ladi. Yana sovg'alar bormi? Balki finalda O'zbekiston bilan o'ynarmiz.
Abdulaziz Iskandarov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar