So’nggi yangiliklar

01:01АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 0:0 (матнли трансляция)  1 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  17 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  2 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  0 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  20 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0

Mixail Naumov: “Hech kimga hech narsani isbotlash niyatim yo'q!” Yangiliklar

Mixail Naumov: “Hech kimga hech narsani isbotlash niyatim yo'q!”

Bugun O'zbekistonda mavsum yakunlanadi. Olmaliq shahrida bo'lib o'tadigan oliy ligaga o'tish o'yinidan keyin 2015 yilgi futbol mavsumiga rasman yakun yasaladi.

Bugun O'zbekistonda mavsum yakunlanadi. Olmaliq shahrida bo'lib o'tadigan oliy ligaga o'tish o'yinidan keyin 2015 yilgi futbol mavsumiga rasman yakun yasaladi. Xabaringiz bor, o'tish o'yinida oliy ligada mavsumni 15-pog'onada yakunlagan “So'g'diyona” va birinchi ligani ikkinchi o'rinda tugatgan “Oq-tepa” jamoalari kuch sinashadi. Uchrashuvdagi g'alaba oliy liga chiptasini taqdim qilgani bois, o'yinga bo'lgan qiziqish juda yuqori. Bellashuvni finalga qiyoslasa bo'laveradi. Qolaversa, birinchi liga jamoasini oliy liga klubiga qanchalik qarshilik ko'rsatishi ham ko'pchilikni qiziqtirmoqda. Har holda “Oq-tepa” so'nggi yillarda quyida o'z nomiga va o'z o'rniga ega bo'lib ulgurdi. Biz jamoa o'yinga qanchalik tayyor ekanligini bilish maqsadida “Oq-tepa”ning etakchi o'yinchisi Mixail Naumov bilan suhbatlashdik.

- O'tish o'yini oldidan fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Hammasi joyida. Biz o'tish o'yinida etarlicha tayyorgarlik ko'ryapmiz. Futbolchilarning kayfiyati yomon emas. 

- O'zingiz mavsumning birinchi qismini “So'g'diyona”da o'tkazgan edingiz. Jamoa haqida qanday fikrdasiz?

- “So'g'diyona”ning tarkibida yosh, iqtidorli, kelajagi porloq o'yinchilar bor. Qisqasi, yaxshi jamoa. Raqibimizga bundan ortiq fikr bildira olmayman.

- O'zingiz o'yinga qanday tayyorgarlik ko'ryapsiz?

- Odatdagidek. Birinchi davrani “So'g'diyona” tarkibida o'tkazganim, davralar oralig'ida jamoadan ketganimdan kelib chiqib, shu savolni berayotgan bo'lsangiz, aytishim mumkin, uchrashuvda men hech kimga nimanidir isbotlamoqchi emasman! SHunchaki, jamoam bilan g'alaba qozonib oliy ligaga chiqmoqchiman! Asosiy niyatim, kelasi yil oliy ligada o'ynash! Bundan boshqa gap yo'q!

- O'zingiz o'tish o'yinida qaysi jamoaga qarshi o'ynamoqchi edingiz?

- Raqibimiz “Dinamo” bo'ladi, deb o'ylagandim. Ammo samarqandliklar so'nggi turda durang o'ynab, oliy ligadan tushib ketadigan bo'ldi.

- Birinchi ligada mavsum 7 noyabrda yakunlangan edi. Oliy ligada so'nggi tur o'yinlari 20 noyabr kuni bo'lib o'tdi. Oraliqdagi tanaffus “Oq-tepa”ga salbiy tasir qilmaydimi?

- Yo'q. Futbolda bitta haqiqat bor: uchrashuvdan so'ng uch kun dam oling, shuning o'zi etadi. Keyin mashg'ulotlarga chiqqingiz, shug'ullangingiz kelaveradi. Qishmi-yozmi, buning hech qanday ahamiyati yo'q. Biz bilan ham shunday bo'ldi. Qisqa tatil tugamasdan mashg'ulotlarni boshlab yubordik. To'g'ri, “Xorazm” bilan o'yindan keyin rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushganimiz yo'q. Ammo bu bizga salbiy tasir qiladi, deb o'ylamayman. Aksincha, yaxshilikka ham bo'lishi mumkin. Zero, biz mavsum yakunlanganidan so'ng malum muddat bo'lsa-da, hordiq chiqarishga ulgurdik.

- Jamoa uchrashuvga qanchalik tayyor?

- Biz tayyormiz! CHunki o'tish o'yini finalga teng bahs. Bunday o'yinlar har doim ham bo'lavermaydi. 

- O'tish o'yini finalga teng! SHu bois, mazkur uchrashuvga etibor juda katta. Qolaversa, aksar insonlar birinchi liga jamoasidan matonat kutyapti. Siz tajribali o'yinchisiz, lekin bosim jamoaga tasir qilsa, bu sizni ham chetlab o'tmaydi?

- Albatta, aytganingizdek, bu o'yin finalga teng! Inkor qilmayman, lekin bosimga etibor bermaslik kerak. Agar bosimga etibor berilmasa raqibning ahamiyati bo'lmaydi. Futbolda istagan raqibga qarshi o'ynasa bo'ladi. U oliy liga klubi bo'ladimi-boshqasimi, farqi yo'q!


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика