So’nggi yangiliklar

10:48Ди Канио: "Бу иши учун МЮ директорларини қамаб қўйган бўлардим"  2 10:37Про лига. 20-турнинг қолдирилган учрашувини Шавкат Насибуллаев бошқариб боради  0 10:15Ўзбекистон МТЖ: Ашурматов ўрнига бошқа футболчи чақирилди  16 10:07Гюлер: "Анчелотти билан муаммолар йўқ"  0 09:34Испания Суперкубоги форматида ўзгариш бўлди  0 08:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  1 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари неча баҳо олди?  17 07:47Ёшларимиз бугун Аргентинага қарши баҳс олиб боради  2 07:16ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия қийин ғалабага эришди, Аргентина эса...  0 01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  8 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  33 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  24 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  24 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  21

JCH-2018. Urugvay so'nggi daqiqalarda Misrni mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2018. Urugvay so'nggi daqiqalarda Misrni mag'lub etdi

Teglar :  JCH-2018MisrUrugvay
Jahon chempionatining 1-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Misr - Urugvay uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

YANGILASH

Etiboringiz uchun rahmat.

O'YIN YAKUNLANDI. MISR SO'NGGI DAQIQALARDA MAG'LUBIYATGA UCHRADI.

90+4. Misr raqib jarima maydonchasi ichida bosimni kuchaytirmoqda. Ogohlantirish: Ahmad Xegazi.

90+2.Bugungi uchrashuvni 27000 tomoshabin kuzatib bordi.

90+1. Kavani oldinga o'tdi. Uni raqib himoyachilari to'xtatib qoldi. Ogohlantirish:  Sem Morsi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

Ximenes so'nggi daqiqada jarimadan oshirilgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Huddi O'zbekistonga urgan goli kabi taassurot qoldirmoqda bu gol.89. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!!! XOSE MARIYA XIMENES!!!! 0:1

88. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA!!! Mana chinakam golga tortadigan zarba! Kavanining jarimadan yo'llagan zarbasi ustunga tegdi. Qaytgan to'pga urugvayliklar egalik qilolmadi.

88. Xavfli jarima zarbasi.

88. Ungacha o'zgarish. Vesino o'rniga Torreyro.

87. Urugvay yana hujumga o'tdi. Bugun Misr termasi himoyachilariga gap-so'z yo'q. Ular 87 daqiqa davomida alo darajada ishlashdi.

85. Misrga g'alaba kerak emasdek tuyulmoqda. Urugvayning top-futbolchilari esa gol urishga intilmoqda.

83. ZARBAAAAAAA!!! Suaresning to'p uzatishidan keyin Kavani zarba berdi. Darvozabondan dahshatli seyv! Hisob ochilishiga bir bahya qolgandi.

82. O'zgarish. Ramazon Sobxi Vardaning o'rniga maydonga tushdi. Bugun saloh tomoshabin vazifasini bajaradi.

81. ZARBAAAAAAA!!! Misr termasining uzoq vaqt uyushtirgan hujumi Elnenining zarbasi bilan yakunlandi. To'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

80. Ikki jamoa murabbiylarida ham bittadan futbolchini o'zgartirish imkoniyati bor. Hozircha ular bundan foydalanishmayapti. Nahotki bugun Salohni ko'rmaymiz?!

79. Varela o'ng qanotdan to'pni raqib jarim maydonchasi ichiga oshirib berdi. To'pga misrlik futbolchi egalik qildi va Urugvay darvozasi tomon yugurib ketdi. Ammo u ham so'nggi pasda adashdi.

77. Urugvay hujumga o'tdi. Karlos Sanchesning noqulay pasiga Diego Godin etib bora olmadi. Sanches anchagina kuchli pas berib yubordi.

74. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYATTTTT!!! SHerigining ajoyib pasidan keyin Suares darvozabon bilan birga bir holatga chiqib ketdi. U posbonni aldab o'tmoqchi bo'lgandi, biroq El SHenavi buni sezib qoldi va to'pni Suaresning oyoqlari orasidan ushlab oldi. Agarda hujumchi o'z maqsadiga etganida gol ko'rardik. Hechqichi yo'q, hisob ochilmadi - 0:0.


73. ZARBAAAAAAA! Misr termasi Ahmad Fatxining uzoq masofadan bergan zarbasidan keyin to'pni Fernando Muslera qaytardi.

71. Jarima to'pi yaqin burchakka oshirildi. Kavani to'pni qiyinchilik bilan to'xtatib oldi va chap oyog'iga to'g'riladi. Zarba bergandi to'p Martin Kaseresning qo'liga tegdi. Xavf bartaraf bo'ldi.

70. Urugvay burchak to'pi ishlab oldi.

68. Misrning hujumlariga oldinroq aytilganidek nimadir yoki kimdir etishmayapti.

67. Gilerma Varela markazdan raqib jarima maydonchasi ichiga erlatib to'pni oshirib berdi. Biroq to'pni himoyachi qaytarib qoldi. Agarda to'p o'tganidamidi...

66. Misr termasi futbolchilari raqib jarima maydonchasi yaqinida to'pni olib qo'yishgandi. Biroq xavf tezda bartaraf etildi.

64. Barcha bir insonning maydonga tushishini kutmoqda. Kuper bir zaxirani olib qo'ygan. Balki u Salohdir.

62. O'zgarish. Marvan Muhsin o'rniga Odil Qahrabo tushirildi.

61. Urugvayning hujumga o'tgandi, biroq Suares offsaydda qolib ketdi.

60. O'yinning borishi biroz zerikarli. Tomonlar hujumga o'tishga intilmoqda. Biroq xavfli zarba ham bo'lmayapti.

58. O'zgarish. Naitan Nandes o'rniga Karlos Sanches, De Arraskaeta o'rniga Kristian Rodriges tushirildi.

56. Trezegening zarbasi noaniq ketdi. Yomon emas, misrliklar oldinga siljimoqda.

55. Urugvay termasi oldinga o'tishga intilayotgandi. Biroq raqib himoyachilari hozircha bexato o'ynashmoqda.

52. Misr futbolchisi Hasan raqibning xatosidan keyin oldinga o'tib ketgandi. Biroq Diego Godin xavfning oldini oldi.

51. O'zgarish. Tariq Hamid o'rniga Sem Morsi.

49. Misr o'zgarish tayyorlamoqda. Biroq bu Saloh emas.

48. Yana jarohat. Oqibatda kichik to'xtalish. Tariq Hamid maydonda yotibdi.

46. ZARBAAAAAAAAA! Kavanining superpasidan keyin Suares darvozabon bilan birga bir holatga chiqib ketdi. Darvozabon esa to'pni qaytardi. Dahshatli start.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Misrliklar hujumlarni uyushtira olishmoqda. Biroq buni yakunlaydigan kimdir etishmayotgandek.

44. Ketma-ket havodan to'p uzatishlari. Huddi biz tennis ko'rayotgandekmiz. Avvaliga Misr futbolchisi qanotdan to'p uzatilishini amalga oshirgandi. Keyinchalik urugvayliklar tezkor qarshi hujumga o'tib ketishdi. Ular ham Misr termasi futbolchilari kabi ish tutishdi.

41. Birinchi bo'limda golga tortadigan vaziyatlar kutilganidan kamroq bo'ldi.

40. O'yinda kichik to'xtalish. Misr futbolchisi Varda shu tarzda jarohat oldi.

38. Urugvay yana hujumga o'tdi. Biroq so'nggi to'p uzatilishi xato ketdi. Arraskaeta to'pga eta olmadi.

34. Misr hujumga o'tdi. CHap qanotdan havodan oshirilgan to'pni Fernando Muslera ushlab oldi.

32. Saures tergan jarima zarbasini Trezege qaytardi va maydonga quladi. To'p afrikaliklarda.

31. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi, urugvayliklar foydasiga.

29. O'yin yana markazga ko'chgandek. Pozicion hujumlar ko'payayotgan bir vaqtda Vesino uzoq masofadan zarba berdi. Anchagina noaniq.

27. Misr ham oldinga o'tishga, Salohning o'rnini bildirmaslikka harakat qilmoqda. Trezegening zarbasi kuchsizroq ketdi.

24. Suares gol kiritgandek ko'rindi. Barcha shunday o'yladi-ya. Biroq gol emas.

22. Urugvay yana bir marta burchak zarbasini amalga oshiradi.

21. Urugvayning hujumlari borgan sari keskinlashib bormoqda. Terma burchak zarbasini amalga oshirgandi, biroq darvozabon to'pni qaytarib yubordi.

20. Urugvay hujumga o'tdi. Biroq Gilerme Varela to'pga biroz eta olmagani uchun hujum uzilib qoldi.

19. O'yin surati biroz tushdi. To'p bilan urugvayliklar.

16. Xavfli jarima zarbasi belgilandi. Havodan oshirilgan to'pni himoyachilar qaytardi. Keyinchalik Misr ikkinchi temp bilan hujumga o'tmoqchi bo'lganida to'p maydonni tark etdi. Darvozabon o'yinni boshlab berdi.

Saloh shu tarzda zaxirada o'tiribdi. Ichidan qanday hayollar o'tayotgan ekan....

14. Luis Suaresning o'tkir burchakdan bergan zarbasi noaniq ketdi. O'yin tezlashmoqda.

12. ZARBAAAAAAA! Mahmud Hasanning yaqin masofadan tepgan to'piga kuch etishmadi.

10. Dastlabki 10 daqiqalik borasida katta xulosalar aytib bo'lmaydi. O'yinning katta qismi oldinda. Misr esa Salohsiz qiynalmoqda.

9. ZARBAAAAAAAA! Edinson Kavanining xavfli zarbasini El SHenavi qaytarib qoldi. Uchrashuvdagi ilk zarba shunday xavfli bo'lgani yaxshi holat.

7. Urugvay yana bir bor hujumga o'tdi. Biroq havodan uzatilgan to'pni misrliklar qaytarib qoldi.

6. Hozircha tomonlar bir-birini o'rganishmoqda.

2. Uchrashuvning ilk daqiqalaridan janubiy amerikaliklar hujumga o'tishgandi. Biroq Misr himoyachilari ilk xavfni qaytara olishdi.

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv boshlanish arafasida.

- Ayni damda ikki davlatning madhiyalari yangramoqda.

- "Ekaterinburg Arena" tribunalarida muxlislar to'lib toshgan deb ayta olmaymiz. Xo'sh, Misr termasi Muhammad Salohsiz qanday o'yin ko'rsatar ekan?

Egypt

World Cup Grp. A . 1-tur

15/06/2018, 17:00

1
:
0
Tugadi

Uruguay

Jose Gimenez - 89'

Stadion: Ekaterinburg Arena, 27015 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45'
90'
50'  Tarek Hamed (Sam Morsy)
63'  Marwan Mohsen (Mahmoud Kahraba)
82'  Amr Warda (Ramadan Sobhi)
90'  Sam Morsy
90'  Ahmed Hegazy
58'  Nahitan Nandez (Carlos Sanchez)
59'  Giorgian De Arrascaeta (Cristian Rodriguez)
87'  Matias Vecino (Lucas Torreira)
89'  Jose Gimenez
89'  Carlos Sanchez

"A" guruhi, 1-tur
Misr - Urugvay 0:1
14 iyun 2018. Ekaterinburg. "Ekaterinburg Arena". 27000 tomoshabin.
Gol: Xose Ximenes (89).
Hakamlar: Born Keypers (Gollandiya), Sander van Rokel (Gollandiya), Irvin Zeinstra (Gollandiya), Milorad Majich (Serbiya).
Misr:
El SHenavi, Fatxi, Gabr, Xegazi, Abdulshafi, Elneni, Hamid (Sem Morsi, 51), Varda (Ramazon Sobxi, 82), Elsaid, Trezege, Muxsin (Odil Qahrabo, 62).
Urugvay: Muslera, Varela, Godin, Ximenes, Kaseres, Nandes (Karlos Sanches, 58), Vesino (Torreyro, 88), Bentankur, De Arraskaeta (Kristian Rodriges, 58), Kavani, Suares.
Ogohlantirish: Ahmad Xegazi (90+4).

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика