Misr futbol federaciyasi Salohning etiroziga izoh berdi
29 avg 2018 17:35
Yangiliklar
Misr futbol federaciyasi Salohning etiroziga izoh berdi
Misr futbol federaciyasi mediadirektori Osama Ismoil milliy jamoa yarim himoyachisi Muhammad Saloh etirozi borasida izoh berdi.
Oldinroq, JCH-2018 paytida o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun Salohni ko'p chalg'itishgani elon qilingan edi.
"Grozniydagi bazada hammasi yaxshi edi. Muhammad Saloh etiroz bildirgan yagona narsa baza mehmonlariga tegishli bo'lgan. Mehmonlar noqulay vaqtda u bilan suratga tushishmoqchi edi. Saloh xotirjam, tinch xolatda mashg'ulot o'tkazishni istadi" - deydi Osama.
Oldinroq, Saloh JCH-2018da futbolchilar xavfsizligini tashkillashtirishda sustkashlikka yo'l qo'ygan Misr futbol federaciyasini tanqid qilgan edi. O'yinchining so'zlariga ko'ra, o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishda mehmonlar ularga halaqit qilgan. SHu bilan birga federaciya Salohning imij huquqlarini buzgan.
Fikrlar