So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

Intervyu. Mirzohid G'ofurov: “Navbahor” sovrinli o'rinlarni egallashga qodir” Yangiliklar

Intervyu. Mirzohid G'ofurov: “Navbahor” sovrinli o'rinlarni egallashga qodir”

Xabaringiz bor, “Navbahor” jamoasi yangi mavsum tayyorgarligini Turkiyaning Belek shahrida davom ettirmoqda.

“Lochinlar” mazkur yig'in doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari orqali imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishmoqda. Jamoaning etakchi futbolchilaridan biri Mirzohid G'ofurov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida Turkiyadagi tayyorgarlik jarayoni, yangi mavsum rejalari hamda boshqa mavzular yuzasidan fikrlarini bildirib o'tdi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday kechyapti?


- Mashg'ulotlarni ko'tarinki kayfiyatda davom ettiryapmiz. Turkiyada kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapmiz, bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish orqali imkoniyatlarimizni sinovdan o'tkazyapmiz. To'g'ri, bo'lib o'tgan o'yinlarda imkoniyatni boy berdik. Ammo o'rtoqlik uchrashuvlarida asosan futbolchilar bo'lajak mavsum arafasida jismoniy formalarini tiklab olish, iloji boricha jarohat olmaslikka intilib, to'p surishadi. Axir, yangi mavsum arafasida jarohat olish alamli, albatta. SHu bois, bunday o'yinlarda natija unchalik ahamiyat kasb etmaydi va bundan fojia yasamaslik kerak. Xudo xohlasa, rasmiy uchrashuvlarda ijobiy natijalarni qayd etamiz, degan umiddamiz.

- Sizningcha, “Navbahor”ning o'tgan mavsumdagi omadsizligiga nima sabab bo'ldi?

- Mavsumni yomon boshlamagandik, biroq, pandemiya yuqori darajali sport formamizni saqlab turishga xalal berdi. Uzoq muddat futboldan chetda qoldik, yakka holda shug'ullanishga majbur bo'ldik. Rejalarimiz ulkan edi, ammo koronavirus dunyoning barcha nuqtalarida bo'lgani kabi, o'zbek futboli, jumladan, bizga ham salbiy tasir ko'rsatdi. Keyinchalik chempionat markazlashtirilgan holda Toshkentda o'tkazildi. Superliganing aynan shu qismida ko'p ochkolar yo'qotdik, jamoamizdagi futbolchilarning aksariyati kasal bo'lib qolishdi. O'tgan mavsumdagi omadsiz ishtirokimizga aynan shu omilni asosiy sabab sifatida ko'rsatishim mumkin. Endi, nasib qilsa, yangi mavsumda o'sha yo'qotishlar o'rnini to'ldirish uchun hozirdanoq astoydil mehnat qilyapmiz.



- O'tgan yil so'nggida bor etibor final o'yini Namanganda o'tkazilgan O'zbekiston kubogi bellashuvlariga qaratilgandi. Ammo ushbu musobaqaning chorak finalida “Nasaf”ga imkoniyatni boy berdinglar. O'sha o'yindan so'ng, jamoa kiyim almashtirish xonasida qanday muhit hukm surdi?

- Darhaqiqat, o'sha uchrashuvda chiroyli o'yin namoyish etib, ustunlikka erishgan bo'lsakda, buni hisobda aks ettira olmadik. Aslida, maqsadimiz stadionga yig'ilgan ko'p ming sonli muxlislarni xushnud etib, ularga g'alaba ulashish edi. Biroq o'sha kuni omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi. Nima ham derdim, bu futbol, unda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Kiyim almashtirish xonamizning “Nasaf” bilan o'yindan keyingi holati haqida gapiradigan bo'lsam, tabiiyki, barchamiz ranjidik, ortiqcha gapirishga hojat qolmagandi. Jarayonni tasvirlab berishga ojizman.

- Jamoa tarkibida bir qator o'zgarishlar yuz bermoqda. Bu haqda nima deya olasiz?


- Takidlash joizki, o'tgan mavsum yonma-yon to'p surgan futbolchilarning ko'pchiligi hozir ham jamoadalar. Demak, tarkib o'zagi saqlab qolindi. Zamonaviy futbolda bu juda muhim o'rin tutadi, chunki futbolchilar bir-birlarini yaxshi tushunib to'p surishadi, ularning jamoa muhitiga moslashishlari uchun vaqt talab etilmaydi. Qolaversa, “Navbahor” tarkibiga bir qator legionerlar ham jalb etildi, ular ham asta-sekin jamoaga moslashishmoqda.

- Sizningcha, jamoaning ayni paytdagi tarkibi sovrinli o'rinlar uchun kurashishga qodirmi yoki yana kuchaytirish zarurmi?

- Bu masalada murabbiylar fikr bildirishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi, zero, ular jamoaning umumiy holati bo'yicha aniq tasavvurga egalar. SHaxsiy fikrimni bildiradigan bo'lsam, hozirgi tarkibimizdan ham mahoratli va tajribali futbolchilar, iqtidorli yoshlar o'rin olishgan. O'yinimizga ham asta-sekin sayqal berilmoqda. Albatta, jamoamiz sovrinli o'rinlardan birini egallashga qodir. Asosiy maqsadimiz shu, uni amalga oshirish uchun bor kuchimizni sarflaymiz.

- Futbolchilik faoliyatingizni yarim himoyachi sifatida boshlagandingiz va ko'p yillar davomida ushbu ampluada to'p surgandingiz. Ammo 2018 yildan buyon “Navbahor” tarkibida chap qanot himoyasida o'ynayapsiz. Ushbu poziciyaga tezda moslashishingizda nima muhim rol o'ynadi – mahoratmi yoki jamoadoshlar ko'magi?

- Futbolchining eng asosiy vazifasi – jamoasiga foyda keltirish, buni qaysi poziciyada amalga oshirish ahamiyatsiz. Avvallari murabbiylar yarim himoyada o'ynatishgan, vaziyatga qarab moslashganman, ushbu chiziqda to'p surish orqali jamoaga yordam berganman. Endilikda himoyachi sifatida harakat qilyapman. Men uchun eng muhim narsa – jamoam manfaati yo'lida to'p surish, g'alabalarga hissa qo'shish. Buning uchun agar darvozabon rolini bajarish lozim bo'lsa, bunga ham tayyorman (kulib).



- “Navbahor”ning hozirgi bosh murabbiyi No'mon Hasanovning mashg'ulotlari va o'yin uslubi haqida nima deya olasiz?


- No'mon Nurmatovich tajribali mutaxassis, o'z ishining ustasi. Uning qo'l ostida o'tkazilayotgan mashg'ulotlar qiziqarli kechadi. Uning hujumkor o'yin uslubiga ko'proq etibor qaratishini alohida etirof etishim mumkin. Bilasiz, himoyachi bo'lishimga qaramay, tez-tez raqib darvozasi tomon intilib, hujumchilarga yordamlashishni yaxshi ko'raman. No'mon Hasanovning o'yin uslubi menga bu borada ayni muddao bo'lmoqda. Bir so'z bilan aytganda, ushbu mutaxassis qo'l ostida to'p surayotganimdan mamnunman.

- Yangi mavsumdan nima kutyapsiz?

- Men “Navbahor”da to'p suryapman, bu jamoa esa har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. 2021 yilda ham faqat yuqori o'rinlarni ko'zlayapmiz. Superligada munosib qatnashish niyatidamiz. Yuqorida takidlaganimdek, buni amalga oshirish uchun kuchli tarkibga egamiz, bu borada xotirjamman. Qisqacha aytganda, yangi mavsumdan faqat ijobiy natijalar kutyapman.

Kezi kelganida, biz – futbolchilarga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan, Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishimizda amaliy yordamlarini ayamagan Namangan viloyat hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vice-prezidenti Otabek Arifovich Samatovga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Yangi mavsumda ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz.

- Muxlislarga tilaklaringiz...

- “Navbahor”ning fidoyi muxlislari hamisha sog'-salomat bo'lishsin. To'g'ri, o'tgan yilgi natijalarimizning qoniqarsiz tus olishi ularni ranjitgan. Endi buni yangi mavsumda to'g'rilab, ishqibozlarga chiroyli o'yin va yorqin g'alabalar tuhfa etish niyatidamiz. Ularga eng ezgu tilaklarimni bildiraman, “Navbahor”ni qo'llab-quvvatlashdan aslo charchashmasin. Ularning madadi har doim bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.



“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика