So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  1 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  13 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Mirjalol Qosimov: "Tarkib va taktika tanlashda xato qildim" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Tarkib va taktika tanlashda xato qildim"

G'uzorda “SHo'rtan” va “Bunyodkor” jamoalari o'rtasida o'tgan uchrashuv yakuniga etgach, dastlab jurnalistlarga o'z fikrlarini mehmonlar ustozi bildirdi.
G'uzorda qiyin uchrashuv o'tkazdik. Negaki, “SHo'rtan” ham o'ziga xos jamoa va buni ortiqcha izohlashga hojat yo'q. SHunday bo'lsa-da, chempionlik uchun kurash olib borayotgan jamoa sifatida raqibga ochko ulashishga haqqimiz yo'q edi. Afsuski, bugun o'zimiz uchun qimmatli bo'lgan ochkolarni boy berdik. Lekin oldimizda hali o'yinlar bor va biz navbatdagi uchrashuvlarda maksimal darajada harakat qilib boramiz.

-Bugun “Bunyodkor”ning g'alaba qozonishiga nima etishmadi?
-Eng birinchi galda tarkib va o'yin taktikasini tanlashda xato qildim. Keyin esa yigitlarni o'yinga yaxshi tayyorlay olmadim. Masalaning yana bir jihati shundaki, chempionlik uchun asosiy davogar bo'lgan “Bunyodkor”ga qarshi har qanday jamoa bir necha karra ortiqcha kuch bilan to'p surishga, qarshilik qilishga intiladi. Bugun biz “SHo'rtan” jamoasi misolida bu holatga yana bir bor guvoh bo'ldik.

-Ochko yo'qotilishi shogirdlaringiz kayfiyatiga qanchalik tarzda salbiy tasir ko'rsatishi mumkin?
-Avvalo o'tgan o'yinni tezroq unutishga harakat qilamiz. Hayot to'xtab qolmaydi. Yigitlarni kayfiyatini ko'targan holda navbatdagi uchrashuvlarga har doimgidek tayyorgarlikni susaytirmay olib boramiz. Oldimizda chempionatning “Navbahor”ga qarshi o'yini va mavsumning eng muhim bellashuvlaridan biri – mamlakat Kubogi uchun “Nasaf” bilan “to'qnashuvimiz” kutib turibdi. Bunga yigitlar bilan professional tarzda yondoshib, ish olib boramiz.

-Mutaxassis sifatida autsayderlar qatorida borayotgan bugungi raqib jamoaning holatini qanday baholaysiz. Nima deb o'ylaysiz “SHo'rtan” oliy ligada qolish masalasini ijobiy hal qila oladimi?
-Tashqaridan baho berish oson ish emas. SHunga qaramay “SHo'rtan”ning o'yini menga yoqdi. Tarkibda yaxshi futbolchilar borligi ko'rinib turibdi. Ammo jamoa so'nggi o'yinlarda qimmatli ochkolarni boy berib qo'ydi. Misol uchun o'z maydonida “Dinamo” bilan durang o'ynadi, “Navbahor” va safarda “Buxoro”ga mag'lub bo'ldi. Bunday holatda tezroq chiqib ketilsa va keyingi uchrashuvlarda bugungidek o'yin namoyish etilsa, “SHo'rtan” elitada qolish masalasini o'zi uchun ijobiy hal etishi, albatta mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика