So’nggi yangiliklar

15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  1 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  2 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  16 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  8 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0 12:45Лёвдан рад жавобини олган Ўзбекистон УЕФА кубогини қўлга киритган мураббийга таклиф билан чиқди  46 12:32Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри  11 12:01"Пахтакор" "Сўғдиёна"ни қийинчиликсиз мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:40"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи  0 11:05Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  2 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  5 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  13 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  9

Mirjalol Qosimov: "Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda o'zgarishlar bo'ladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda o'zgarishlar bo'ladi"

Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston va Saudiya Arabistoni uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning ikkinchi qismida O'zbekiston bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va Aziz Haydarov ishtirok etdi.

"Ertaga bizni qiyin o'yin kutmoqda. Saudiya Arabistoni terma jamoasi kuchli sanaladi. Xitoyga qarshi o'yinda o'zimizni ahvolimizni og'irlashitirib yubordik. Ertaga g'alaba qozonib chorak finalga chiqish haqida o'ylayapmiz", - deydi Qosimov.

"Ertaga O'zbekiston uchun dastlabki kichik final bo'ladi deb aytsak ham bo'ladi. Sababi Xitoyga yutqazib qo'yib guruhdan chiqish imkoniyatlarini biroz kamaytirdik. Ammo Saudiya Arabistonini mag'lub etsak chorak finalga chiqamiz. Fursatdan foydalanib butun O'zbekiston xalqidan Xitoyga qarshi bahsdagi mag'lubiyat uchun jamoa nomidan uzr so'rayman", - deydi Aziz Haydarov.

- Ertaga O'zbekistonga faqat g'alaba zarur durang ham qoniqtirmaydi. Bu haqda qanday fikrdasiz? Saudiya Arabistonining hujumchilari haqida...

- Saudiya Arabistoni bilan bahs hayot mamot jangi bo'ladi, bu uchrashuvga tayyormiz deya olaman. Raqib safida juda ko'plab tezkor va xavfli o'yinchilar bor. Qanot himoyachilari ham tez tez hujumga qo'shilib turishadi.

- Xitoyga qarshi o'yinda ko'pchilik yigitlarning ko'zida olov ko'rinmadi deyishdi. SHu haqda nima deya olasiz?
- Bu fikrga qo'shilmayman. Barcha yigitlarning niyati g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqish edi. Biroq ikkinchi bo'limdagi kichik xatolar katta mag'lubiyatga sabab bo'ldi.

- Ertaga asosiy tarkibda ko'plab o'zgarishlarni ko'ramizmi?
- Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda o'zgarishlar bo'lishi tayin. Biroq maqsadimiz o'zgarmay qoladi - faqat g'alaba.

- Bugun Janubiy Koreya va Avstraliyaga qarshi o'ynaydi. Agar O'zbekiston chorak finalga chiqsa bu jamoalardan qaysi biriga qarshi o'ynashni istardingiz?

- Biz avvalo ertangi bahs haqida o'ylayapmiz. Birinchi Saudiya Arabistoni to'sig'idan o'tib olishimiz kerak.

- Xitoy terma jamoasining o'yini syurpriz bo'ldimi? KXDRni mensimay maydonga tushish holati bo'lmadimi?
- Biz har bir raqibni hurmat qilamiz. Osiyo Kubogida oson o'yinning o'zi yo'q. Xitoy kuchli o'yin namoyish etdi. Guruhdagi barcha kuchli.

- Ikkinchi turda Xitoyga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng futbolchilar o'zlariga kela olishdimi?
- Xitoy bilan bahsda alamli mag'lubiyat bo'ldi. Birinchi bo'limdan so'ng hotirjamlikka berildik. SHu bois mag'lubiyatga uchradik. Ammo ertangi o'yinga tayyorgarlik uchun vaqtimiz bo'ldi. Barcha yigitlar Saudiya Arabistoni bilan bahsga tayyor.

- Aziz siz bir necha yillardan buyon BAAda o'ynab kelayapsiz. Saudiya Arabistoni va BAA haqida fikrlaringiz?

- BAA terma jamoasining 80 foiz futbolchilari ancha yillardan buyon birga o'ynab kelishmoqda. Bu jamoani musobaqaning favoritlaridan biri deb hisoblayman. Saudiya Arabistoni esa BAA kabi kuchli emas. Ularda individual kuchli futbolchilar ko'pligi rost. Agar bor kuchimiz bilan o'ynasak Saudiya Arabistonini mag'lub eta olamiz. Ikkala jamoa bitta ko'rfazda joylashgani uchun o'xshashdir, lekin anchagina farqli jamoa hisoblanadi.

- Agar O'zbekiston chorak finalga chiqa olmasa siz o'z lavozimingizda qolasizmi?

- Avvalo niyatni yaxshi qilaylik. Saudiya Arabistoni ustidan g'alaba qozonsak barchasi yaxshi bo'ladi.


Narzulla Saydullaev
Melburn
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика