So’nggi yangiliklar

10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  11 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0

Mirjalol Qosimov: "Finalning ahamiyati juda katta" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Finalning ahamiyati juda katta"

Bunyodkor hamda Nasaf jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi-2013 final uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining dastlabki qismida Mirjalol Qosimov va Oleksandr Pishur ishtirok etishdi.
“Ertaga qiziqarli va shu bilan birga muhim o'yin bo'lib o'tadi. Malumki, O'zbekiston kubogi sohibi to'g'ridan-to'g'ri OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritadi. SHuning uchun ham ertangi o'yinnig ahamiyati katta. Avvalgi finallarda g'alabaga erisha olmagan “Nasaf” bu yil Ro'ziqul Berdiev boshchiligida yaxshi harakat qilyapti. CHempionatda ham jamoa yaxshi ishtirok etmoqda. “Nasaf” bizga doim jiddiy qarshilik qilib kelgan. Ammo “Bunyodkor” muntazam sovrindorlar qatoridan o'rin olib kelgan va bu safar ham bu ananani davom ettirishga harakat qilamiz”, - deydi Qosimov.

“Ertaga final o'yini. Psixologik jihatdan tayyor bo'lishimiz kerak. “Nasaf” O'zbekistonning eng yaxshi jamoalaridan biri hisoblanadi”, - deydi Pishur.

- “Navbahor” bilan o'yinda shogirdlaringiz olis masofadan ko'p marta zarba berishdi va bu samarali bo'ldi. Ertaga ham shunday uslubni ko'ramizmi?

- Zarba bermasa gol bo'lmaydi. Ertaga gol urish uchun vujudga keladigan har bir vaziyatga jiddiy ahamiyat beramiz.

- “Nasaf”ni qanday o'rgandingiz? So'nggi ikki turda jamoa etakchilarga qarshi bahs olib bordi.

- “Nasaf” yaxshi o'ynadi. Yutishi ham mumkin edi. Gevorkyan yarim finalda yaxshi harakat qilgandi. Menimcha, chempionatda u o'zini Kubok finali uchun ayadi. U yanada yaxshiroq to'p sura oladi. So'nggi uch yildan beri shakllanib kelayotgan “Nasaf”ning o'yini bir tekis. Berdiev ijobiy natijaga erishamoqda. Yoshlarga ham katta ahamiyat beryapti.

- Terma jamoa murabbiyi sifatida ertaga Boydullaev va Yunusov o'yinlarini kuzatish imkoni bo'ladimi?

- Nafaqat ular, Laziz Ubaydullaev ham yaxshi o'ynayapti. Gevorkyan bilan ko'p hollarda almashib o'ynayotganligi Gevorkyanning ishini engillashtirmoqda. Lekin bu poziciyada raqobat kuchli. CHaqirish-chaqirmaslikni vaqt ko'rsatadi.

- “Bunyodkor” penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'ryaptimi?

- Ha. Lekin ertaga ishni penaltilar seriyasiga qadar olib bormaslikka harakat qilamiz.

- Nesterovdan tashqari yo'qotishlar bormi?

- Xudoga shukur yo'q.

- “Navbahor”ga qarshi o'ynamadingiz. “SHo'rtan” bilan kechgan bahsda o'yiningiz chiqmadi. Finalga ruhan tayyormisiz?

Oleksandr Pishur: - Hammasi joyida.

- Stadionga muxlislar qaytishi uchun nima qilish lozim?

- CHempionat kuchli bo'lishi kerak. Masalan, kecha “Rubin” “Tom”ga yutqazdi. Mana shunday o'yinlar bo'lsa muxlislar o'z-o'zidan ko'payadi. SHunchaki o'yin bo'lishi kerak emas. Har bir o'yin raqobatga boy va shiddatli o'tishi lozim.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика