Mirko Yelichich: "Bu biz ko'rsatishni istagan futbol emas"
05 mar 21:41
Yangiliklar
Mirko Yelichich: "Bu biz ko'rsatishni istagan futbol emas"
- Futbol o'ynash qiyin bo'ldi, jamoalar ko'proq kurashishiga to'g'ri keldi. Bu ikkala jamoa uchun ham yoqimli holat emas. Chunki "Mashal" ham yaxshi futbol o'ynash uchun kelgandi. Shunday paytda futbolchilarning yana qanday hususiyatga ega ekanligini, bu kabi holatlarda qanday kurasha olishini ko'rishimiz mumkin. Uch ochkoni inobatga olsak, barchasi yaxshi.
- Maydonni ko'rganingizdan keyin rejalar o'zgardimi?
- Ha, albatta. Jamoalar asosan raqibga tayyorgarlik ko'radi. Keyinchalik shart-sharoitlar o'rganiladi. Bir necha kun davomida tuzilgan rejalar o'yin oldidan o'zgarib ketdi. Bu biz istagan futbol emas. Ob-havo bizni shunga majbur qildi.
- O'tgan turda muxlislar tashrifi bo'yicha eng kam son "Lokomotiv"ning uy o'yinida bo'ldi. Bu ob-havo bilan bog'liqmi yoki Toshkentda futbolga qiziqish pastmi?
- Toshkentdagi barcha jamoalarda holat shunday. Viloyatlarda ko'proq muxlislar o'yinlarga tashrif buyurishadi. Bilmadim. Balki, biz ko'rsatayotgan futbol va natijalar sababdir. Chiroyli futbol namoyish qilsak, muxlislar tashrif buyurar. Bu borada ishlashimiz kerak. Lekin Siz aytayotgan muammo faqatgina bizda emas, "Paxtakor" va "Bunyodkor"da ham bor. Biz esa boshqa ishlar bilan shug'ullanishimiz kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar