So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  2 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  93 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Mirjamol Qosimov: "Olmaliq"da ko'rikdan o'tayapman" Yangiliklar

Mirjamol Qosimov: "Olmaliq"da ko'rikdan o'tayapman"

"Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Mirjamol Qosimov bugun "Olmaliq" safida "SHo'rtan"ga qarshi maydonga tushdi.

O'yin yakunlangach Mirjamolga o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.

- Bugungi o'yin haqida qanday fikr bildirasiz?
- Yangi mavsumga tayyorgarlik qizg'in ketyapti, shuning uchun har ikki uch kunda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazilyapti. Ko'rgan bo'lsangiz bugun ham G'uzorning “SHo'rtan” jamoasiga qarshi maydonga tushdik, juda qiziqarli va kurashlarga boy uchrashuv bo'ldi deb o'ylayman. Bahs asosan maydon markazida kechdi, har ikki jamoa ham mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapti. Jamoalarga keladigan bo'lsak ikki tomon ham yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazmoqda shu jumladan hozircha men ham ko'rikdaman. 



- Tayyorgarlikda nimalarga ko'proq etibor qaratyapsizlar?
- Tayyorgarlik jarayoni yaxshi ketyapti, o'zingiz bilsangiz kerak har bir jamoa qishki yig'inlarda asosan jismoniy tayyorgarlikka ko'proq etibor qaratadi. CHunki futbolchilarni avvalgi sport formasini tiklash kerak. Zamonaviy futbolda birinchi o'rinda jismoniy holat turadi. Bizda ham xuddi shunday jarayon ketyapti, avvalgi sport formamizni sekin – asta tiklayapmiz. Mashg'ulotlarda texnikaviy va taktikaga ham etibor qaratyapmiz.

- “Olmaliq” jamoasi bilan kelishuvga erishdingizmi?
- Hozircha mashg'ulotlarda qatnashyapman, hozircha hech qanday kelishuv bo'lgani yo'q. Yaqin orada barchasi malum bo'ladi.
 

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика