So’nggi yangiliklar

10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  2 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  5 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  11 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  13 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  3 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  8 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  13 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  14 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  7 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  14 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  2 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3

Mirjalol Qosimov: Yangi 2020 yil o'zbek futboli va yurtimiz uchun har taraflama omadli bo'lsin Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: Yangi 2020 yil o'zbek futboli va yurtimiz uchun har taraflama omadli bo'lsin

AGMK bosh murabbiyi, o'zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov yurtdoshlarimiz, AGMK klubi tizimida mehnat qilayotgan xodimlar, o'zbek futboli jamoatchiligi hamda muxlislarni yangi kirib kelayotgan 2020 yil bilan qutlaydi.

«Kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan barcha yurtdoshlarimiz, AGMK klubi tizimida mehnat qilayotgan butun jamoa, o'zbek futboli jamoatchiligi va barcha muxlislarni chin qalbimdan tabriklayman! Yangi yil vatanimiz, xususan o'zbek futboli uchun ham har taraflama omadli bo'lishini tilayman. Bo'lajak Osiyo chempionatida O'zbekiston OTJ o'z oldiga qo'yilgan asosiy vazifa — Tokio-2020 Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritib, butun xalqimizni xarsand qilishlariga ishonamiz! SHuningdek, yoshlarimiz chempionlik unvonini ham munosib himoya qilishiga tilakdoshman! Yurtimiz gullab-yashnayversin! Yangi yilda o'sish va rivojlanish yo'lidagi jamoamiz — AGMK ham Olmaliq shahri va bizga yuqori etibor qaratayotgan OKMK kombinati sharafini munosib himoya qilib, katta maqsadlar sari dadil qadam tashlashi uchun qattiq mehnat qilamiz! O'zbek xalqiga yangi kirib kelayotgan 2020 yil muborak bo'lsin! Barcha oiladan qut-baraka arimasin!», — deya tabrikladi Mirjalol Qosimov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика