So’nggi yangiliklar

12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  2 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  3 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  7 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  3 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  7 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  7 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  13 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  6 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  12 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  25 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6

Mirjalol Qosimov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritdi Yangiliklar

Mirjalol Qosimov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Xabaringiz bor, bugun internetda, xususan ijtimoiy tarmoqlarda AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov olmaliqliklar jamoasidan ketib, kelasi mavsum Muborakning "Mashal" klubida ish boshlashi haqida turli xil xabarlar tarqaldi.

Mazkur masala yuzasidan saytimizga ham ko'plab futbol ishqibozlari tomonidan malumot so'rab murojaatlar kelgani tufayli vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida har ikkala tomon bilan aloqaga chiqishga urinib ko'rdik.

Dastlab Mirjalol Qosimov kelasi mavsumdan Muborakning "Mashal" jamoasida ish boshlashi haqidagi xabarlar qanchalik rost yoki yolg'onligini aniqlash maqsadida muborakliklar bosh direktori Ilhom Qurbonov bilan bog'lanishga urindik. Biroq "Mashal" bosh direktori qo'ng'iroqlarga javob bermadi.

SHuningdek, AGMK bosh direktori Muxtor Qurbonov bilan bog'lanib, jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning klubdagi taqdiri va shartnomasi bo'yicha murojaat qildik. AGMK bosh direktori Muxtor Qurbonov ayni paytda O'zbekistonda bo'lmagani bois, ijtimoiy tarmoq orqali faqatgina bosh murabbiyning shartnomasi yil oxiriga qadar mo'ljallanganini malum qildi va qolgan savollarga keyinchalik javob berishi mumkinligini bildirdi.


SHuningdek, AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga qo'ng'iroq qilib, kelasi mavsum AGMKni tark etib, "Mashal"ni boshqarishi haqidagi xabarlar qanchalik rost yoki yolg'onligi haqida izoh so'radik.

- "Avvalo bunday xabarlar qanday va qaerdan paydo bo'lganini bilmayman. SHaxsan menga "Mashal" rahbariyatidan hech kim taklif bilan chiqqani yo'q. Ayni paytda AGMKni chempionat doirasida oxirgi tur o'yini hamda Liga Kubogi finali kutmoqda. Barcha bor etibor mazkur o'yinlarga qaratilgan. Bunday asossiz mish-mishlar jamoaning ichki muhiti va kayfiyatiga tasir qilishi mumkin. Klub bilan tuzilgan shartnoma yil oxiriga qadar va kelasi mavsum uchun rejalar mavsum rasman yakunlangach muhokamaga qo'yiladi. AGMKda yangi kollektiv jipslashib, ko'nikib, moslashib, muhit ajoyib holatga kelishi hamda o'yin va natijalar yaxshilanganidan so'ng bunday xabarlar tarqagani, ayniqsa so'nggi tur va final oldidan bunday mish-mishlar "bolalagani" tushunarsiz. Qandaydir bir insonning asossiz tarqatgan xabarlari tufayli jamoa futbolchilarining muhim bahs oldidan chalg'itish kimga kerak bo'lib qolgani tushunarsiz. Yaqinda men bilan muloqotga kirishgan muxlislarni guyoki haqorat qilganimni aks ettiruvchi video parchasi tarqalgandi. O'shanda ham eski video aynan tug'ilgan kunimda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgandi. Bunday ishlar kimga kerak bo'lib qolganini tushunmayapman. 

Internet nashrlari bunday xabarlarni chop etishdan avval malumotni to'liq tekshirib yoki qandaydir aniq manbaga tayanib chiqargani maqsadga muvofiq bo'lardi. Yoki xabarni chiqarishdan avval men bilan bog'lanib, asl vaziyatni aniqlash mumkin. Telefon raqamim bo'lmasa, jamoa matbuot kotibi orqali bog'lanib, izoh olsa bo'ladi", - dedi AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov. 


 Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика