So’nggi yangiliklar

23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  5 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  22 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  27 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3

Mirjalol Qosimov: "Durangga mos o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Durangga mos o'yin bo'ldi"

Superliganing 24-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi uchrashuvdan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Haqiqatdan ham bir-biriga munosib, raqobatbardosh jamoalar bugun maydonga to'qnash keldi, derbiga xos o'yin bo'ldi. Ko'rdingiz, yigitlar yomon o'ynamadi, kurashishdi, vaziyatlar yaratishdi. Keyinchalik futboldagi qonun "Sen urmasang senga urishadi" degan qonun o'z kuchini ko'rsatdi. O'yin sifati borasida kamchiliklar bor, buni tan olish kerak. Endi o'tkinchi o'yinlar qolmadi. Birinchi golni o'z xatomiz tufayli o'tkazib yubordik. Keyinchalik hisobni tenglashtirishga ham erishdik. Ikkinchi bo'limda raqibning chiroyli kombinaciyasi tufayli gol o'tkazib yubordik. SHunga qaramasdan o'zimizda kuch topa oldik. Ikkinchi bo'limda ko'plab vaziyatlar bo'ldi. O'yin durangga mos edi, deb o'ylayman. Nima ham derdim, "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman.

Omad yoki mahorat? Futbolda ikki jihat ham juda kerak. Ikkinchi bo'limni oladigan bo'lsak, Abdullaev ozgina mahorat etishmadi. Rayevac esa kuchli hujumchi. U bunday vaziyatlardan foydalana oladi. SHu boisdan unga omad etishmadi, deb o'ylayman. SHunga qaramay, shogirdlarim bilan faxrlanaman. Oldimizdagi maqsad OCHLga chiqish. SHu boisdan bu erda faqatgina ochko yig'ish kerak. Kiyinish xonasida yigitlarga o'yin tarixga aylanganini, keyingi o'yinga boshni tik ko'targan holda chiqishimizni aytdim. Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Sekin-sekin kamchiliklarni to'g'rilashga harakat qilamiz.

Orada kichik tanaffus bo'lganda Rayevac jarohat olgandi. Nurmatov ham "Buxoro"ga qarshi o'yinda yaxshi o'ynadi, kubokda gollar urdi. Rayevac yomon hujumchi emas, u bekorga "Bunyodkor"ga taklif qilinmagan. Ammo barchasi o'zining qo'lida.

Xurshid G'iyosov: - "Bunyodkor" muxlislar uchun o'ynaydi. G'alaba qozonishni juda istadik. Buning uchun ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik, biroq bundan foydalana olmadik. "Lokomotiv"ni g'alaba bilan tabriklayman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика