So’nggi yangiliklar

01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  1 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  2 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  9 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2

"Mirjalol Qosimov ajoyib inson. O'zbekistondan ajoyib xotiralar qolgan. Rossiyada JCH uchun imkoniyat yo'qolmagan" - "Krilya Sovetov" murabbiyi Vladimir Kuxlevskiy bilan intervyu Yangiliklar

"Mirjalol Qosimov ajoyib inson. O'zbekistondan ajoyib xotiralar qolgan. Rossiyada JCH uchun imkoniyat yo'qolmagan" - "Krilya Sovetov" murabbiyi Vladimir Kuxlevskiy bilan intervyu

Bilasiz, saytimizda xorijlik murabbiylar bilan intervyular tashkil qilish borgan sari odat tusiga kirib bormoqda.

Siz bundan avval Vladimir Belyavskiy, Vitaliya Levchenko, Nikola Lazarevich, Rustam Saidov kabi xorijlik mutaxassislarning fikrlarini o'qigansiz. Navbatdagi suhbatdoshimiz Rossiyaning "Krilya Sovetov" jamoasida uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan, 1980-1981 yillarda "Paxtakor" safida to'p tepgan Vladimir Kuxlevskiy. Ushbu murabbiy bilan tashkil qilingan qisqa intervyuni etiboringizga havola qilamiz. 


- Vladimir Aleksandrovich keling dastlab uzoq tarixga qaytsakda, "Paxtakor"dan xotiralaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- "Paxtakor"ga o'sha mashum samodagi xalokatdan so'ng borganman. Klub tiklanish pallasida edi. Katta yoshli muxlislar yaxshi bilishadi, bir qator jamoalardan futbolchilar yodamga kelgan edi. Tarkibimizda esa Genaddiy Denisov, Nuriddin Amriev, Marat Kabaev, Andrey Yakubik singari futbolchilar bor edi. Umuman olganda ajoyib xotiralar qolgan. Eslay desam voqealar juda ko'p. 

- Murabbiylik faoliyatingizni shu kungacha "Krilya Sovetov"da o'tkazib kelmoqdasiz. Bu jamoa deganda barchaning o'zbekistonlik muxlislarning ko'z o'ngiga jamoada to'p tepgan Mirjalol Qosimov keladi...

- Ha albatta. U yuqori darajadagi futbolchi va oliyjanob inson. O'zbek futbolining faxri va afsonasi. "Krilya Sovetov"da to'p tepgan kezlarda men jamoada ishlardim. O'yinlarini ko'rganman. Menimcha maydon markazida u kabi fikrlaydigan futbolchilar kam. SHeriklarini juda yaxshi ko'ra olardi va to'pni etkazib berardi. 

- Bugungi kunda o'zbek futbolini kuzatib boryapsizmi?

- Albatta. Natijalardan xabardorman. "Paxtakor" navbatdagi chempionlikni qo'lga kiritdi. Unga raqobatchi topilmadi. Qolgan jamoalar esa imkon boricha kurashishdi. 

- Futboldagi falsafangiz va uslubingiz qanday? Agarda yurtimizdan takliflar bo'lsa, ko'rib chiqasizmi?

- Men hujumkor futbol tarafdoriman. O'zbek futbolida ham yuqori pressing va to'pni nazorat qiladigan jamoalar ko'p. SHu bois yangi chorlov bo'lsa, albatta ko'rib chiqaman. O'ylaymanki O'zbekistonda ishlash men uchun ham qiziq bo'ladi. 

- Galdagi savolim Rossiya terma jamoasining muvaffaqiyatsizligi haqida. Nima, deb o'ylaysiz Valeriy Karpinga ishonishda davom etish kerakmi? 

- Menimcha ha. CHunki yangi jamoa yig'ilmoqda. Kudryashovning vaziyatini tushunaman. Unga oson emas. Karpinga malum bir vaqt kerak. Oldinda pley off bor. SHunday ekan hali imkoniyat butunlay yo'qolmagan. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Hammasi oldinda. Har qanday jamoani shakllanishi tezda bo'lib qolmaydi. 

- Ko'pchilikka darvozabon Matvey Safonovning o'yini yoqdi. Akinfeevdan so'ng yaxshi darvozabon etishib chiqyaptimi?

- Safonov iqtidorli futbolchi. Fikringizga qo'shilaman. Matvey bir nechta vaziyatlarda qutqarib qoldi. Ko'rinib turibdiki potencial bor. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика