Fabio Kannavaro: "Imkoniyatim bo'lganda ko'proq futbolchilarni jalb etgan bo'lardim, ammo hozircha 26ta futbolchini chaqira olamiz"
13 noy 22:08
Yangiliklar
Fabio Kannavaro: "Imkoniyatim bo'lganda ko'proq futbolchilarni jalb etgan bo'lardim, ammo hozircha 26ta futbolchini chaqira olamiz"
- Misrga qarshi o'yin haqida fikr bildirib o'tsangiz...
- Yana bir muhim o'yin. Misr top futbolchilarga ega terma jamoa. Adashmasam, Misr so'nggi 30ta uchrashuvda bor-yo'g'i ikki marotaba mag'lub bo'lgan. Juda kuchli jamoa bilan to'qnash kelamiz. Ertaga o'zimizning yaxshi sifatlarimizni namoyish etishimiz kerak. Yaxshi o'yin bo'ladi. Bunday raqiblarga qarshi o'ynayotganingizda motivaciya yuqori bo'ladi.
- Sardor Bahromov terma jamoaga ilk marotaba chaqirildi. Siz terma jamoada ko'proq yoshlarni ko'rishni istaysizmi? Bahromovning chaqirilishi sizning qaroringizmidi?
- Albatta, mening qarorim. Yana kimning qarori bo'lishi mumkin(kuladi). Biz ko'p futbolchilarni ko'rib chiqdik. Imkoniyatim bo'lganida ko'proq futbolchilarni jalb etgan bo'lardim. Futbolchilarni mashg'ulot jarayonida ko'rib borish, ular bilan yuzma-yuz gaplashib olishimiz kerak. Ko'proq futbolchilarni chaqirishni istayman, ammo hozircha faqat 26ta futbolchini jalb qilish imkoniyatimiz bor. Men ko'proq futbolchilarni ko'rib chiqishni istayman. Ro'yxatimda futbolchilar va yoshlar ko'p. Umid qilamanki, ular terma jamoa safida o'z daqiqalariga ega bo'lishadi.
- O'zbekiston U17 terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini kuzatib boryapsizmi?
- Barcha o'yinlarni ko'rib boryapman. Yoshlarimiz yaxshi natija qayd etadi, degan umiddaman. Bunday musobaqalardagi ishtirok futbolchilar uchun juda muhim. Men musobaqani kuzatib boryapman va futbolchilarning o'zi ham bundan xabardor.
- Fayzullaevning terma jamoaga chaqirilmaganining sababi nimada?
- Fayzullaevning bu erda emasligining yagona sababi hali 100% tiklanib ulgurmaganidir. U martdagi yig'inlarga qaytadi deb o'ylayman. Abbos bilan gaplashib turibman. Men har bir futbolchi bilan muloqotdaman. Futbolchilarning holati va kayfiyatini bilib turish men uchun juda muhim. Futbolchilar bilan ko'p muloqot qilsak va ish olib borsak, xatolar sonini kamaytirgan bo'lamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar
Динамо 2да :;"''-#$%)))))