So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Mirjalol Qosimov: "AGMK jamoasi rivojlanish va o'sish bosqichida" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "AGMK jamoasi rivojlanish va o'sish bosqichida"

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoa bilan yangi shartnoma imzolagach klub axborot xizmatiga o'z fikrlarini bildirdi.

— "Avvalambor klub rahbariyatiga bildirilgan ishonch uchun tashakkur. O'tgan mavsum jamoamizning birinchi davradagi ishtirokidan keyin tegishli xulosalar chiqarib, mavsumni ikkinchi qismida vaziyatni yaxshi tarafga o'ngladik. Davralar oralig'idagi tanaffusdan keyin jamoaning ichki muhiti yaxshilandi va bu o'yin hamda natijalarda ham yaxshi taraflama aks etdi. O'zaro o'yin ko'nikmasi hamda tushunchasi shakllandi. Ayni paytda AGMK jamoasi rivojlanish va o'sish bosqichida. O'tgan mavsumda boshlagan ishimizni yangi yilda ham davom ettirib, jamoaviy o'yinni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha jiddiy ishlaymiz. Maqsad AGMKni yuqori darajaga olib chiqish. Katta ishlar asta-sekinlik amalga oshiriladi. Dastlabki yilgi xato yoki kamchiliklar yangi mavsumda muvaffaqiyat qozonishimiz uchun tegishli xulosalarni berishi mumkin. Xudo xohlasa yangi mavsumda Olmaliq shahri hamda jamoamiz muxlislarini xursand etish uchun qattiq ishlaymiz. SHu o'rinda doimo jamoamiz uchun qayg'urib, bizga dalda bo'lib kelgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman. Aynan ularning olqishi AGMK jamoasining katta maqsadlar yo'lidagi mashaqqatli ishini osonlashtiradi", - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi Mirjalol Qosimov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика