So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Mini-futbol bo'yicha "Toshkent viloyati hokimi kubogi" turnirida parkentliklar g'olib bo'lishdi Yangiliklar

Mini-futbol bo'yicha "Toshkent viloyati hokimi kubogi" turnirida parkentliklar g'olib bo'lishdi

Toshkent viloyati hokimining 2019 yil 11 noyabrdagi 1 OT-4-6090 sonli bayoniga asosan 2020 yil 8-29 fevral kunlari viloyatda mavjud tashkilotlari va boshqarmalari o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha "Toshkent viloyati hokimi Kubogi" bo'lib o'tdi.

26 ta jamoa qatnashgan mazkur musobaqaning hududiy bosqichlari viloyatning Olmaliq, Nurafshon, CHirchiq va Yangiyo'l shaharlarida tashkil etildi. 

Hududiy bosqichlarda muvaffaqiyatli qatnashgan Parkent TTB, "Metallurg" (Olmaliq), "Ammofos-MAKSAM" (Olmaliq) hamda Yangiyo'l jamoalari yarim final yo'llanmalarini qo'lga kiritishdi. Final yo'llanmalari uchun quyidagi juftliklar o'zaro ro'baro' kelishdi:

Parkent TTB - "Ammofos-MAKSAM" (Olmaliq) – 9:4

"Metallurg" (Olmaliq) – "Yangiyo'l" – 5:2

Musobaqaning final uchrashuvlari O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport manejida uyushtirildi. Musobaqaning ochilish marosimida Toshkent viloyati futbol associaciyasi vice-prezidenti Asqar Jadigerov so'zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Dastlab, uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda "Yangiyo'l" jamoasi "Ammofos-MAKSAM" (Olmaliq)ni 8:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Hal qiluvchi finalda esa Parkent TTB futzalchilari "Metallurg" (Olmaliq) jamoasini 10:3 hisobida dog'da qoldirib, "Toshkent viloyati hokimi Kubogi"ni qo'lga kiritishdi.

SHundan so'ng, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati hokimligining yoshlar siyosati, ijtimoiy, manaviy va marifiy ishlar bo'yicha kotibiyat mudiri Azamat Kamalov qatnashdi. Toshkent viloyati hokimligi tomonidan tasis etilgan esdalik sovg'alari va Kubokni o'z egalariga topshirildi.

Quyidagilar "Toshkent viloyati hokimi Kubogi-2020" musobaqasining eng yaxshilari deb topildi:

"Eng yaxshi darvozabon" – Laziz Xo'jaahmatov (Parkent TTB)

"Eng yaxshi himoyachi" – Erkin Xudoyorov ("Metallurg")

"Eng yaxshi hujumchi" – Bekzod Tojiboev ("Ammofos-MAKSAM")

"Eng yaxshi o'yinchi" – Andrey Snetkov (Yangiyo'l)

Ushbu tadbirdan olingan rasmlarni tomosha qiling:


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика