So’nggi yangiliklar

13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  4 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  4 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  5 12:09БАА бош мураббийи Паулу Бенту: "Ўзбекистон терма жамоаси мундиалга тўғридан-тўғри чиқишга даъвогар"  14 11:52БАА терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келди? Рўйхатда Англияда ўйнайдиган икки футболчи бор  15 11:33Корея Республикаси - Ироқ учрашувида 6 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  5 11:25Месси билан ҳазиллашган Ўринбоев  5 11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  10 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  3 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  7 09:50"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топиб қўйди  4 09:45Игорь Шквирин: "Гуруҳда рақобат кучли, хатолардан керакли хулоса чиқарилмаса қимматга тушади"  10 09:14"Реал Мадрид" МЮ футболчисини сотиб олиши мумкин  4 08:40ФИФА президенти ўзининг расмий саҳифасида Ўзбекистонда футбол жадал суръатда ривожланаётганини эътироф этди   5

Milliy terma sokin tin oldi. O'smirlar ham charchadi. Eski rahbariyat yangilar bilan javlon urishga tayyormi? Yangiliklar

Milliy terma sokin tin oldi. O'smirlar ham charchadi. Eski rahbariyat yangilar bilan javlon urishga tayyormi?

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi O'zbekiston U16 termasi Osiyo CHempionatiga chiqa olmadi. Yomon bo'ldi-a?

Men ko'p achinmadim. Agar Nuraliev tarkibida yoshi kichraytirilgan birorta bola yo'q bo'lsa, shuning o'zi eng katta yutuq (bunga ishonishim qiyin). Tojikiston Osiyo CHempionatiga chiqdi, biz esa qoldik qabilida xabar yozib tashlayveramiz. Lekin ishontirib aytamanki, yaqin 10 yilda Tojikiston milliy termasi yaqinimizga ham kela olmaydi. Bundan keyin ham shunday bo'lishi katta ehtimol. Vaholanki plankani Tojikiston yoki o'zimizdan kuchsiz boshqa termalar bilan olishimiz xato. Unuting ularni, biz yuqoridagilarga intilishimiz kerak.

Biz 1 yillik ciklni boy berdik. Ammo bu fojea emas. Haqiqiy fojea biz hali ham eski karom sho'rvani ichishda davom etayotganimiz. Xuddi mana shu Nuraliev 2012 yil O'zbekiston U16 termasi bilan Osiyo CHempioni bo'la olgan, uning tajribasiga shubha yo'q. Biroq shaxsan menga yoshi “o'qlangan” futbolchilar bilan qo'lga kiritiladigan yutuq kerak emas, umuman. Oradan 5 yil o'tib ko'rmoqdamizki, eski uslubdan yurganimiz foyda keltirmadi. Polshaga borib Belgiya, Portugaliya kabilar qatnashgan turnirda o'ynaganimiz, Qozog'istondagi xalqaro musobaqaga uchib kelganimiz zoe ketdi, to'g'rimi? CHunki biz yo'nalishlarimizni rivojlantirmadik, o'sha-o'sha mexanizmni Nuraliev yana chempion qilib beradi deb ishondik.

Ha, gap markaz haqida. U tashkil etilganidan ikki oy o'tib ishga kirishgan Asqar Tolibjonov, to markaz yopilguniga qadar bosh rolda bo'ldi. O'FF yangi rahbariyati katta ehtimol bilan shunga o'xshash markazni qayta ishga tushiradi (nega yopilganini aytishmagan, nega ochilayotganini esa aytishadi). Tolibjonov ishdan ketgani haqida hech qanday malumot yo'q. Vaholanki, o'smirlar termasining hatto qita chempionatiga ham chiqa olmagani eski siyosatga barham berish kerakligini anglatib turibdi. Bo'ldi, uning uslubi etib keldi, tag tomiri bilan chirib ketdi. Unga hozir Dilshod Nuraliev ham, boshqasi ham yordam bera olmaydi.

CHunki bugun qitaning qolgan mamlakatlari ancha o'sdi, ular o'z uslublarini, yo'nalishlarini takomillashtirdi. Biz esa oqimdan tushib qolmaslik uchun yangi qonga muhtojmiz. Tolibjonov o'sha qonni quyib bera oladigan yagona inson bo'lsa, men ikki qo'limni ko'taramn, boshqa gapim yo'q. Mayli, “Paxtakor”ga qaytsin (klub Umid Ahmadjonov istefosi haqida rasmiy xabar bermadi, balki o'rniga odam kerakdir, balki “Paxtakor”dan ketib ulgurmagandir, bilmaymiz), balki boshqa variantlar chiqib qolar Tolibjonovga. Hozir esa hammasini o'zgartirishning ayni vaqti. Saudiyadagi natijani ko'rib, xayolimga shundan boshqa fikr kelmadi. Nuralievni tanqid qilib, olib tashlab hech narsaga erishmaymiz. U murabbiy, ishini qiladi. Teparoqdagilar esa yana Olimxo'jaevni, yana Evstafeevni olib kelaveradi. Zamon esa bamaslahat ish qilishni, kelishishni, tiyilishni va birgina shaxs vakolatlarini kamaytirib tashlashni talab qiladi.

Xullas, Germaniya havasida yashayveramiz. Uning U16 si ham, Lyovning Germaniyasi ham bitta relsga tushib olgan. Bizda Nuraliev aravada yo'lga chiqsa, teparoqda Babayan teplovozda kutib oladi, boshqasi yana boshqa bir falsafani ilgari suradi. Tolibjonov esa bu haqda emas, Nuralievning o'rniga kimni qo'yish va muvaffaqiyatsizlikni qanday izohlashni ko'rpoq o'ylaydi. Bu yaxshi emas, o'rtoqlar...


Muallif :
Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика