Militao "Real" bilan yangi shartnoma imzolaydi
30 may 2022 21:51
Yangiliklar
Militao "Real" bilan yangi shartnoma imzolaydi
"Real" himoyachisi Eder Militao klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.
As xabariga ko'ra, yaqin kunlarda markaziy himoyachi Madrid klubi bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Yangi bitim allaqachon kelishib olingan - tomonlar kichik tafsilotlarni hal qilishlari va hujjatlarni imzolashlari kerak.
Militao "Real"ga 2019 yilning yozida kelib qo'shilgandi. Madrid klubi uni “Portu”dan 50 million evroga sotib olgandi va braziliyalik futbolchi “Real” tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylangandi.
Joriy mavsumda Eder "Real Madrid" safida 50 ta o'yin o'tkazdi (ularning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushgan) va 2 ta gol urdi. Himoyachi madridliklar bilan CHempionlar ligasi, ikki marta Ispaniya chempionligi va ikki marta Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar