So’nggi yangiliklar

07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  1 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  2 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  4 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  5 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  16 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  6 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  22

Milan Mitrovich: "So'g'diyona" kecha oxirgi daqiqalarda ko'rsatgan o'yinini qilishi kerak" Yangiliklar

Milan Mitrovich: "So'g'diyona" kecha oxirgi daqiqalarda ko'rsatgan o'yinini qilishi kerak"

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi joriy mavsumni safarda "Bunyodkor"ga qarshi o'yin bilan boshladi.

Uchrashuv davomida mezbonlar yani "Bunyodkor" jamoasi katta ustunlikka ega bo'ldi. "Qaldirg'ochlar" Milan Mitrovich darvozasi oldida bir qancha keskin vaziyatlar yaratishdi. Biroq ularning golga aylanishiga serbiyalik posbon yo'l qo'ymadi. Qaysidir manoda ushbu o'yin qahramoni Mitrovich bo'ldi, desak yanglishmaymiz. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qizidik. 


"Mavsumning ilk o'yini doim ruhiy jihatdan qiyin o'tadi. Garchi jismonan va taktik tomondan tayyor bo'lsangiz ham maydonda hissiyotlar rol o'ynaydi. Etibor bergan bo'lsangiz, uchrashuvni juda yaxshi boshladik. 2ta juda yaxshi vaziyatdan foydalanganimizda balki o'yinning borishi o'zgarib ketardi. Keyingi daqiqalarda bilmadim, nima uchundir bahs nazorati "Bunyodkor" tomoniga o'tib ketdi. Bizning bo'shashimiz va orqada o'ynashimiz raqibga ustunlik berdi. Mana shu pallada ketma-ket hujumlardan so'ng "Bunyodkor" futbolchilarida ishonch paydo bo'ldi.  Bu - "So'g'diyona"ning o'yini emas, biz har bir uchrashuvda kecha oxirgi daqiqalarda ko'rsatgan o'yinimizni qilishimiz kerak. 

Ikki jamoa ham vaziyatlardan samara chiqara olmaganini inobatga olganda, durang adolatli natija. Maqsadimiz kuchli uchlikka kirish",- deydi kiper. 

Superliga. "Bunyodkor" Toshkentda "So'g'diyona" bilan kechgan uchrashuvda nursiz durangga imzo chekdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика