"Milan" himoyachisini 100 mln evroga sotishga tayyor
17 iyu 19:50
Yangiliklar
Mavsum oralig'ida "Milan" etakchilaridan biri, himoyachi Teo Ernandesning kelajagi hal bo'lishi kerak. Bu haqda "La Gazetta dello Sport" xabar bermoqda.
Tomonlar 2026 yilning iyunigacha amal qiladigan shartnomani uzaytirish variantini ko'rib chiqmoqda. Futbolchi maoshi sezilarli darajada oshishiga umid qilmoqda.
Hozir franciyalik futbolchi yiliga 4,5 mln evro oladi. U maoshi vinger Rafael Leauniki bilan bir xil bo'lishini istamoqda. Portugaliyalik bonuslarni hisobga olgan holda yiliga 7 mln evro maosh oladi.
Agar tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmasa, "rossoneri" Ernandesni transferga qo'yadi. Bu holatda "qizil-qoralar" futbolchi uchun 100 mln evro talab qiladi.
26 yoshli himoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 46 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 11 ta golli pas uzatdi. Unga "Real" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar