So’nggi yangiliklar

17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  6 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  1 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   5 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  14 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  9 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  6 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0

Mikael Sekeyra: "Keyingi o'yinlarda natija yaxshilanishiga ko'zim etadi" Yangiliklar

Mikael Sekeyra: "Keyingi o'yinlarda natija yaxshilanishiga ko'zim etadi"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Turon" - "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





"Bugun ikki jamoa ham yaxshi o'ynadi. "Turon" jamoasi o'yinni bizga qaraganda faolroq boshladi. Ikkita gol urdi va hisobda oldinga chiqib oldi. SHunga qaramasdan biz o'yinga qayta oldik va durang natija qayd etdik. Maqsadimiz g'alaba qozonish edi. So'nggi daqiqalarda vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi. Ammo foydalana olmadik. Men shogirdlarimni tabriklayman. Ular berilan vazifani bajarishdi. Raqibni ham ajoyib o'yin bilan tabriklab qolaman. Stadionga tashrif buyuurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun chiroyli muhit yarata olishdi. Bizni mezbonlar yaxshi kutib olishdi".

- "Lokomotiv" uchta turda ham o'zbekistonlik murabbiylar boshqarayotgan jamoalarga qarshi o'ynadi. Bizning mahalliy murabbiylarimiz haqida fikringiz qanday?

- Murabbiylar haqida biror fikr bildira olmayman. O'zbekistonda ko'proq agressiv o'yin ko'rsatishadi. Bu erda yaxshi futbolchilar bor. O'ylaymanki, bunday futbolchilar etishib chiqishda davom etsa O'zbekiston terma jamoasi mundialga chiqadi. Haqiqatdan ham texnik futbolchilar ko'p.

- Bugungi uchrashuvda Temurxo'ja Abduxoliqov o'tgan uchrashuvlardan farqli ravishda penaltini golga aylantirdi. Jamoada shtatni penaltichi Temurxo'jami? Ikkinchi savolim Marat Bikmaevni zaxirada qoldirilishining sababi nimada?

- Futbolda 11 kishi o'ynashi mumkin. O'zimni bilishim bo'yicha birinchi bo'limda maydonga tushgan futbolchilar o'zini yaxshiroq his qilgani uchun shunday tanlov qildim.

- "Turon" bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramasdan "Lokomotiv" ko'proq himoyalandi. Odatda bir kishi ko'p bo'lgan jamoa ko'proq hujum qilishi kerak bo'ladi...

- Siz to'g'ri aytdingiz. Biz ko'proq kombinacion o'ynashimiz kerak edi. Raqib ko'proq qanotlardan hujum qildi. Ular ham g'alaba uchun ko'proq harakat qilishdi. Durang adolatli bo'ldi, deb o'ylayman. Barchasi birdaniga bo'lib qolmaydi. Boshlanishida biroz qiyin bo'ladi. Jamoamdagi futbolchilarga ishonaman. Oldindagi o'yinlarda natijalar yaxshilanishiga ko'zim etadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика