So’nggi yangiliklar

17:21"Қўқон-1912" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  6 15:19ЎзЭл Классикосига превью  14 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2

Meyson Grinvud MYUga qanday kirib kelgani haqida gapirdi Yangiliklar

Meyson Grinvud MYUga qanday kirib kelgani haqida gapirdi

Hujumchi Meyson Grinvud "Manchester Yunayted" skautlari nazariga tushgani haqida gapirdi.

Ushbu mavsumda 18 yoshli futbolchi Ole-Gunnar Sulsher qo'l ostida "Manchester Yunayted"da ochilib ketdi va 12 bora raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. SHuningdek, 15 marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Bredfordning "Aydl Juniors" jamoasi tarkibidagi bir o'yinda Grinvud zaxiradan o'yinga tushdi. O'shanda u 6 yosh edi va asta-sekinlik bilan "Manchester Yunayted" nazariga tusha boshladi.

"Aydl Juniors" tarkibida o'ynayotgan paytim "Yunayted" skautlari meni ko'rishgan.  Esimda. 2:0 yoki shunga o'xshash hisobda mag'lub bo'layotgandik. Keyinchalik maydonga tushdim va 10ta gol urdim. SHunchaki to'pni olardim, raqiblarni aldab o'tib, darvozaga kiritardim. Keyinchalik shu ishni davom ettiraverdim.

"Yunayted" tarkibida ilk marta o'ynaganimda 6 yoki 7 yosh edim. Ilk mashg'ulotim esimda, juda erta borgandim. Mashinada borishni istamay, mashg'ulot mayydoniga to'pni tepib borgim kelgan. Yarim soat davomida shunay bo'lgan, huddi orqa hovlimda to'p tepayotgandek stadionni uyim kabi his qilganman", - deb so'zlaridan iqtibor keltiradi "The Sun".

Bunday mashg'ulot o'tashni uning "Yunayted"dagi ilk murabbiy Mark Sinor tayinlagan: "Mahalliy gazetalar 10 gol haqida yozganidan keyin u bizning rivojlantirish markazimizga kelgandi va tarix o'sha erdan boshlangan. Ishga erta bordim va Meysonning avtoturargohda to'pni tepishini tomosha qildim. Bu ajoyib edi! U Xaddersfilddagi markazimizga bordi va o'zidan katta bo'lgan futbolchilar bilan to'p tepdi. O'sha paytda uni bir necha klublar kuzatib borardi. Biroq biz uni o'zimizda olib qola bildik", - dedi murabbiy.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика