So’nggi yangiliklar

22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  8 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  13 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  22 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  4

"Metallurg" ustozi: “45 daraja issiqda mavsumga tayyorlanib, yana qandaydir tushunarsiz testlarni topshirdik" Yangiliklar

"Metallurg" ustozi: “45 daraja issiqda mavsumga tayyorlanib, yana qandaydir tushunarsiz testlarni topshirdik"

O'zbekiston chempionatining 14 turidan o'rin olgan Metallurg hamda AGMK bahsidan (2:1) so'ng, mezbonlar ustozi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.

“Bugun viloyatning ikki jamoasi o'rtasida derbi bo'lib o'tdi. Meni xavotirga solgan yagona narsa bu birinchi va ikkinchi davra oralig'idagi uzilish bo'ldi. Deyarli 45 daraja issiqda mavsumga tayyorlanib, yana qandaydir tushunarsiz testlarni topshirdik. Tushunaman ular kerak. Biroq, shogirdlarim ushbu testlar natijasida jarohatlar orttirib olishmoqda va men ularni qayta o'ziga keltirishim uchun 72 soat vaqt talab etildi. Hammasini qayta ko'rib chiqish kerakdir balki. Bugungi raqibimiz o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgani sezilib turdi. Biz ham yaxshi tayyorlangandik. Bugun ikkita to'p urib, nihoyat g'alaba qozondik. Ko'p uchrashuvlarda durang o'ynab, ochko yo'qotgandik. Hakamlar to'g'risida yaxshi ham yomon ham gapirmaganman. Ularning ishini ko'rib chiqadigan tashkilot bor. «Lokomotiv»ga qarshi o'yinda hakam almashganida ham buni izohsiz qoldirganman”, - deydi SHipilov.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика