Joan Garsiya - Mark-Andre ter Shtegen davriga yakun yasab berishi kutilayotgan darvozabon bilan yaqinroqdan tanishamiz
08 avg 12:45
Yangiliklar


Joan Garsiya - Mark-Andre ter Shtegen davriga yakun yasab berishi kutilayotgan darvozabon bilan yaqinroqdan tanishamiz
Germaniyalik darvozabon ter Shtegen sakkiz yil davomida "Barselona"ning asosiy darvozaboni bo'ldi. Klubga kerak bo'lganida maoshi qisqarishiga ham rozi bo'ldi, hech qaerga ketib qolmadi. Oxirgi mavsumni asosan lazaretda o'tkazdi. Shunga qaramay, germaniyalik kiper mavsumning muhim uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin edi. Aslida aynan shu sababli murabbiy bilan nizo chiqdi. Xans-Diter Flik hamyurtini Chempionlar Ligasi yarim finalida "Inter"ga qarshi o'yinda maydonga tushirishni istamadi.
O'sha vaziyatda futbolchining murojaatlari ham hech nimani o'zgartirmadi. Aksincha, natijada, Mark-Andrening Kataloniyadagi kelajagiga nuqta qo'yib qo'ydi. "Fanatik" nashrining malumotiga ko'ra, ter Shtegen yaqin orada "Galatasaroy"ga ko'chib o'tadi. Bu malumot qanchalik haqiqatga yaqin hozircha bir nima deyish mushkul. Ispan klubi darvozaboni bo'yicha insaydni turk matbuotidan olish kamida odatiy hol emas.
Bir narsa aniqki "Barsa" darvozaboni poziciyasi bo'yicha vaziyat bundan 3 yil avvalgidan farq qiladi. Misol uchun Voycex Shensni ikkinchi raqam bo'lishga rozi bo'lib, shartnomasini uzaytirdi. "Barselona"ga esa asosiy kiper kerak edi va klub 24 yoshli Joan Garsiya uchun "Espanol" 25 mln evro to'ladi. O'zi u kim? Joan "Barsa" uchun munosib nomzodmi? Keling, yaxshilab joylashib oling, darvozabon bilan yaqinroqdan tanishamiz.
Garsiya bu darajaga etishida Buffonning qadrdoniga rahmat deyishi zarur
O'z vaqtida klub afsonasi bo'lgan Tibo yillar o'tib, "Real" safidaligidagi gap-so'zlardan keyin esa uning sharafiga qo'yilgan (klub afsonalariga nisbatan shunday qilinadi) maxsus belgini o'rnatilgan joydan olib, parchalab tashlashgandi. Endi mabodo bilmasangiz, "Espanol" geografik jihatdan "Barselona"ning yon qo'shnisiligini eslatamiz. Principial raqibligiga qaramay, oxirgi yillarda "Barselona" bilan chinakamiga raqobatlasha olmayapti. Shunday bo'lsada, muxlislar futbolchilarning to'g'ridan-to'g'ri og'riqli qabul qilishadi. Ayniqsa transfer qilinayotgan futbolchi "Espanol" tarbiyalanuvchisi bo'lsa.
Joan "Espanol" tizimida 15 yoshidan buyon to'p tepadi: barcha yosh toifasidagi jamoalardan o'tib, 2021 yilda asosiy jamoagacha etib bordi. Avvaliga Garsiya tajribali Diego Lopesga o'rinbosar bo'lib o'tirdi. "Barselona"ning bo'lajak kiperi 37 yoshli sobiq madridchi saboqlarida yanada ulg'aydi va uni haligacha o'z ustozlaridan deb hisoblaydi, muntazam ravishda gaplashib turadi. Biroq Garsiyaning bugungi darajaga etishida asosiy figuralardan biri Toma N'Kono. To'g'ri, balki o'zbekistonlik futbol muxlislari uchun bu ism hech nimani anglatmas. Ammo Janluijji Buffonning u haqidagi fikri salmoqli.
Jijji kamerunlik sharafiga o'g'liga uning ismini qo'ygan: "Bu ism mening kumirimniki. N'Kono — Kamerunning JCH-1990dagi darvozaboni, aynan u tufayli men darvozabonlikni yaxshi ko'rib qolganman. O'shanda Kamerun termasi meni o'ziga mahliyo qilgan, uning darvozabonining o'yini esa faoliyatimda jiddiy burilish yasagan. Aygancha, o'g'limning tug'ilgan kunida N'Kono bizga qo'ng'iroq qilgan".
Toma olti yil davomida Joan bilan ishlagan, vaholanki u "Espanol" murabbiyi emas, texnik assistenti edi. "U mashg'ulotlarga birinchi etib kelishini ko'p bor ko'rganman. Oxirgi bo'lib ketardi. Men darvozabonlik sir-asrorlarini o'rgatardim, Garsiyada menga ayniqsa uning mehnatkashligi, vaqt o'tsa ham o'zgarmagani maqul kelgan", — tinib-tinchimas Joan mehnatkashligi bilan afsonaning etirofiga sazovor bo'ldi.
Garsiya "Arsenal"da ikkinchi raqam bo'lishni istamadi va "Barselona"ning asosiy darvozaboni darajasiga etdi
2022 yil Lopes "Rayo Valekano"dan ketdi, uning o'rnini esa boshqa faxriy — Fernando Pacheko egalladi. Joan avvaliga unga raqobatda yutqazdi, lekin ora-orada yosh kiperga imkon berishardi. Garsiya La Liga doirasida "Elche"ga qarshi maydonga tushdi. Ammo, omadi chopmadi va ikkita gol o'tkazib yubordi: "Hayotimdagi eng yomon kunlardan biri. Men o'z salohiyatimni ko'rsata olmadim va bu men uchun qattiq zarba bo'ldi. Jamoadoshlarim va murabbiylar menga yordam berishdi. Buning uchun ulardan butun umr minnatdorman".
Keyingi mavsumda Garsiya sabr qilishni o'rgandi va jamoadagi mavqeini yaxshilab oldi: mavsumning dastlabki qismida zaxira darvozaboni bo'lgan kiper, 2024 yil martida imkoniyatdan unumli foydalandi va birinchi raqamga aylanib oldi. Pacheko murabbiy Manolo Gonsales bilan kelisholmay, tarkibdagi o'rnini to'liq yo'qoldi. Joan 18 o'yindan 11 tasida gol o'tkazmadi, o'tkazib yuborgan gollari ham 8 tagina bo'lib, "Espanol" La Ligaga qaytishiga katta yordam berdi. O'shanda futbolchiga "Arsenal" taklif bilan chiqdi. Garsiya ingliz grandini ko'rib, aqlini yo'qotib qo'ymadi va ishonch bildirgan "Espanol"ga hurmat ko'rsatdi. Shu o'rinda takidlash lozim, Londonda uni birinchi raqam sifatida ko'rishmayotgandi.
Keyinchalik malum bo'ldiki, bu qaror uzoqni ko'rib qabul qilingan ekan. Joan ajoyib mavsum o'tkazdi: ko'p bor jamoasini qiyin vaziyatlarda qutqardi hamda statistikaga ko'ra, o'tkazib yuborgan 51 ta golidan 8,4 taga ko'proq o'tkazishi kerak edi. Bu La Ligadagi eng yaxshi ko'rsatkich edi. Ter Shtegen faqatgina bir marta 2022/2023-yilgi mavsumda (9,15) bundanda yaxshiroq natija qayd etgan. O'shanda "Barselona" butun mavsumda 26 ta to'p o'tkazib yuborgan.
Garsiya "Real" bilan o'yinda 10 ta, "Betis" bilan — 9 ta, "Atletiko" — 7 ta, "Barselona", "Valensiya" va "Selta"ga qarshi o'yinlarda esa 6 tadan seyv amalga oshirgan. "Sofascore" malumotlariga ko'ra, uning o'rtacha ko'rsatkichi — 7,39. Keyingi o'rinda — Leandro Kabrera (7,00). Bundan ko'rinib turibdiki, "Espanol" 14-o'rinni egallashida Garsiyaning xizmati katta.
Umumiy hisobda Joan hisobida 140 ta seyv — bu ham Ispaniya chempionatidagi eng yaxshi natija. Uning zarbalarni qaytargani foiz ko'rsatgichida (75,5%) faqatgina "Atletik" posboni Unai Simon (79%), "Vilyarreal"da Luis Junior (78,8%), "Atletiko"dan Yan Oblak (78,1%) va "Atletik"ning yana bir kiperi Xulen Axirresabaladangina (76,5%) pastroq. Misol uchun Shensnida bu ko'rsatkich — 66,7%, Penyada — 69,8%, ter Shtegenda esa 63,6%.
Yana bir ustun tomoni — penaltilardagi muvaffaqiyatli o'yin. O'tgan mavsum uning darvozasiga 6 bor o'n bir metrlik jarima zarbasi belgilandi. Ulardan ikkitasini Garsiya qaytarishga muvaffaq bo'ldi. "Men qilayotgan birgina ish — to'pni ushlab olish. Kimnidir maqtash kerak bo'lsa, bu mening maydondagi jamoadoshlarim", — deb, kamtarlik bilan fikr bildirgandi kataloniyalik darvozabon.
Garsiya birga-bir vaziyatlarda, chiziqda juda yaxshi harakat qiladi. Oyoqda ham to'p bilan bemalol muomalada bo'ladi. Joan La Liga bir mavsumida 1040 ta uzatmani amalga oshirgan. Hamkasblari ichida faqatgina "Real Sosedad" darvozaboni Aleks Remiroda undan ko'proq. Axir bu "Barselona" uchun ideal darvozabon-ku.
"Undan men avval top-darvozabonlarda ko'rmagan hislatlarim mavjud. Reflekslar, jasorat, oyoq bilan o'ynash, etakchilik qobiliyati, ishonchli o'yin. Mashg'ulotlarda u 200 ta zarbani barchasini qaytaradi", — degandi Serxi Gomes. "Garsiyaning o'yinini alohida takidlamoqchiman. O'ylashimcha, u bu mavsum La Liganing eng yaxshi darvozaboni bo'ldi, uni porloq kelajak kutmoqda", — Shensni katalon derbisidan keyin. Xuddi, yaqin kelajakda kimning o'rinbosari bo'lib o'tirishini avvaldan bilgandek.
Garsiyani sotqin deyishmoqda. Biroq u bolaligidan "Barselona" muxlisi
Garsiya "Barselona" bilan kelishuvga erishgani malum bo'lgach, kiperning ona shahri Salenda (Barselonadagi aholi punkti), yoqimsiz bazi yozuvlar paydo bo'ldi: "Joan — kalamush", "Joan — sotqin", "Puta Barça" (bunisi endi "Barselona" manziliga aytilgan gap). Ammo Garsiyaning "Barselona"ga transferi elon qilingach, "internet ucharlari" futbolchining bolalikda ko'k-anorrangi formadagi suratlarini izlab topishdi. Joanning o'zi transferni shunday izohladi:
"Baxtliman, juda ham baxtliman. Bu kunni uzoq kutgandim va u keldi. Hozirgi quvonchimni so'z bilan izohlash mushkul. Darvozabon sifatida o'sishda davom etmoqchiman va albatta, jamoa bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritish niyatidaman. Shuning uchun ham bu erga keldim. Ajoyib futbolchilarga ega yosh jamoa — juda ham qiziqarli loyiha. Ulardan bazilari bilan shahsan tanishman, shunday ekan yangi mavsumga tayyorgarlik boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman.
O'zimni qiyinchiliklardan qo'rqmaydigan, jamoaga istalgan vaziyatda yordam berishga tayyor bo'lgan kiper, deb bilaman. Jamoadoshlarimga qo'limdan kelganicha yordam berishga harakat qilaman".
Joan haqida yana bir qiziq fakt, uning bo'yi — 191 sm. Ter Shtegen (187 sm) va tabiiyki, Penyadan (184 sm) ham balandroq.
Garsiya jamoa yuzi bo'lishga o'rganib ulgurgan futbolchilardan. "Barsa"da "Espanol"dan farqli ravishda darvoza tomon zarbalar yomg'iri bo'lavermaydi. Natijada, koncentraciyani saqlash va yuzaga kelgan vaziyatlarda o'zini ko'rsatish talab etiladi. Natija qanday bo'lishini — yangi mavsum ko'rsatadi. Bu La Liga keyingi mavsumining eng qiziqarli savollaridan biriligiga shubha yo'q.
Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar