So’nggi yangiliklar

12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  2 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6

"Metallurg" - "Navbahor" o'yiniga oid qiziqarli faktlar Yangiliklar

"Metallurg" - "Navbahor" o'yiniga oid qiziqarli faktlar

O'zbekiston chempionati 17- turida "Metallurg" mehmoni bo'lgan "Navbahor" o'z raqibi ustidan 3:2 hisobida muvaffaqiya qozondi.

Etiboringizga ushbu bellashuvga oid qiziqarli faktlarni keltiramiz.

Eng kam: Ushbu bellashuv 17- tur doirasidan o'rin olgan o'yinlar orasida eng kam muxlis to'pladi. "Metallurg" o'yingohiga 1012 tomoshabin kirgan xolos.

Eng ko'p: Bekobodliklar bilan kechgan o'yinga kirgan tomoshabinlar shu kecha 5 ta golga guvoh bo'lishdi. 17- turda beshta gol shuningdek "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida qayd etildi. Poytaxtliklar 4:1 hisobida "Qo'qon-1912" ustidan yirik g'alabaga erishdi. Ushbu ikki bellashuv turning eng ko'p gol urilgan o'yinlariga aylandi. 17- turning qolgan bahslarida 3 tadan ortiq gol urilmagan.

1 - Ikkinchi davrada "lochinlar" safiga ijaradan qaytgan himoyachimiz Qahramon Muhammadjonov joriy mavsumdagi o'zining birinchi golini urdi.

2 - Oliy liga ushbu mavsumida "Navbahor" o'zining safardagi ikkinchi g'alabasini nishonladi. Ilk bor "Qo'qon-1912" ustidan mehmonda 3 ochko ishlagandik.

3 - "Metallurg" bilan o'zaro o'yinlar tarixida bu jamoamizning bekobodliklar ustidan qozongan mehmondagi uchinchi muvaffaqiyati bo'ldi. Jamoamiz sardori Dilshod Jabborov esa kecha mavsumdagi uchinchi golini tantana qildi.

4 - Hujumchimiz SHahboz Erkinov Oliy liga ushbu mavsumida to'purarlar poygasida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Hozircha Erkinov hisobida 8 gol mavjud. SHuningdek ushbu o'yinda Dilshod Jabborov "Navbahor" tarkibida o'tkazgan faoliyatida "Metallurg" darvozasini to'rtinchi marotaba aniq ishg'ol etdi.

5 - Besh yillik tanaffusdan so'ng "Navbahor" bekobodliklarni mehmonda mag'lubiyatga uchratdi. So'nggi bor 2010 yilda Yuriy Celixning dubli evaziga ushbu raqib maydonidan uch ochko olgan edik.

6 - Jamoamizning O'zbekiston chempionatidagi g'alabalari soni oltitaga etdi.

8 - Musobaqa jadvalida klubimiz sakkizinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика