So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  0 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  27 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

"Metallurg" mashg'ulotlarga kirishdi Yangiliklar

"Metallurg" mashg'ulotlarga kirishdi

Bekobodning "Metallurg" jamoasi 2023 yilgi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonini boshladi.

Yangi mavsum uchun ilk yig'in klub qarorgohida olib borilyapti. Futbolchilar kunning birinchi yarmida trenajyor zalida shug'ullanishmoqda. Tushlikdan so'ng esa mashg'ulotlar "Metallurg" stadioniga ko'chayapti va unda asosiy etibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini tiklashga qaratilyapti. Mashg'ulotlarni bosh murabbiy ko'rsatmalari asosida "Metallurg"ning mahalliy murabbiylari olib borishyapti.

Luisma Ernandes boshchiligidagi xorijlik murabbiylar esa klub ixtiyoriga yangi yildan keyin kelib qo'shilishadi. Jamoaning o'tgan yilgi o'zagi saqlab qolingan. Ilgari xabar berganimizdek, shartnoma muddati tugagan Abbos Otaxonov, Jasur Xolto'raev, Boburbek Farhodov bilan iliq xayrlashildi. Ayni kunlarda aksariyat o'yinchilar bilan shartnoma muddatini uzaytirish borasidagi ishlar davom ettirilyapti. Xususan, Kerim Palich bilan yana bir yillik shartnoma imzolandi. SHu o'rinda qayd etish kerak, bu yil jamoamizda xorijlik futbolchilar safi kengayishi kutilyapti. Ko'hna qitaning Bolqonbo'yi mamlakatlaridan va yaqin qo'shni davlatlarning tajribali futbolchilari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bundan tashqari, selekcionerlarning say-harakatlari tufayli ko'plab iqtidorli yoshlar hamda tajribali mahalliy futbolchilar ham ko'rikka taklif etilgan. Ulardan kimlar bilan shartnoma imzolanishi ikkinchi yig'indan keyin malum bo'ladi.

SHu o'rinda, ikkinchi yig'in yanvar oyining birinchi o'n kunligida yana Bekobodda tashkil etilishini qayd etib o'tamiz. Klub rejasiga binoan Bekobodda hamda Toshkentda bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика