So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  23 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  7 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  16 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  4 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Metallurg klubi prezidenti vafot etdi Yangiliklar

Metallurg klubi prezidenti vafot etdi

Taziya bildiramiz.

Qadrli metallurglar, hurmatli bekobodliklar!

Qayg'u va iztirob bilan biz sizga “O'zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi Sergey Anatolevich Vyunenkoning vafoti to'g'risida malum qilamiz. Sergey Anatolevich og'ir oqibatlarga olib kelgan qisqa davom etgan kasallik tufayli 2020 yil 8 sentyabrda vafot etdi.

Sergey Anatolevich 1978 yilda Qozog'istonning Pavlodar shahrida tug'ilgan. Evroosiyo Innovacion universitetini tamomlagan. Sergey Anatolevich butun umrini metallurgiya sanoatiga bag'ishladi. Mehnat faoliyatini 1998 yilda “Qozog'iston alyumin” akciyadorlik jamiyatida quvurlar montajchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik operator, po'lat quyuvchi, “Kasting” MCHJda uzluksiz quyish mashinasi brigada boshlig'i vazifalaridan ishladi.
2008 yildan Qozog'istonning yirik metallurgiya korxonalarida turli masul lavozimlarda mehnat qilgan.

“KSP Steel” metallurgiya ishlab chiqarish boshqarmasi (avvalgi Qozog'iston choksiz quvur zavodi) da uzluksiz quyish mashinasi uchastkasi ustasi, metallurgiya ishlab chiqarish boshqarmasining o'rinbosari, metallurgiya ishlab chiqarish boshlig'i, quvirlarni prokatlash bo'yicha ishlab chiqarish boshlig'i, quvirlarni prokatlash zavodi direktori, quyish-temirchilik cexining boshlig'i, Aktyubinsk rels to'sinlari zavodi"ning texnik direktori, ishlab chiqarish bo'yicha direktori vazifalarida faoliyat ko'rsatgan.

2017 yildan boshlab Sergey Anatolevich Vyunenko “O'zmetkombinat” AJda ish boshlagan. Dastlab u kombinat bosh muhandisi, boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari, boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo'yicha birinchi o'rinbosari, 2020 yildan esa “O'zmetkombinat” AJning boshqaruv raisi va "Metallurg" klubi prezidenti vazifalarida mehnat qilib kelgan.
Sergey Anatolevich Vyunenko O'zbekiston Respublikasida qora metallurgiya sanoati rivojiga katta hissa qo'shdi. U o'ziga va korxona rahbar va mutaxassislariga juda talabchan edi. Uning rahbarligida ferroqotishmalar, po'lat simlar va boshqa turdagi metall mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi, yirik investiciya loyihasi - "Quyuv-prokatlash majmuasi qurilishi" ishlari boshlandi.

Sergey Anatolevich metallurglarning farovonligi va turmush darajasini oshirishga alohida etibor qaratar edi.
Metallurglar uchun aziz inson bo'lgan Sergey Anatolevich Vyunenko bekobodliklar xotirasida malakali va tajribali rahbar sifatida abadiy qoladi.

Barchamiz uchun ushbu og'ir va iztirobli kunda marhumning oilasiga va yaqinlariga, "O'zmetkombinat" AJning butun mehnat jamoasiga samimiy va chuqur hamdardlik bildiramiz.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика