ECHL. "Manchester Siti" - "Napoli" 0:0 (matnli translyaciya)
18 sen 23:50
Yangiliklar


ECHL. "Manchester Siti" - "Napoli" 0:0 (matnli translyaciya)
"Manchester Siti" - "Napoli" 0:0
"Manchester Siti": Donnarumma, Husanov, Diash, Gvardiol, Orayli, Rodri, Bernardu, Reynders, Foden, Doku, Xoland.
"Napoli": Milinkovich-Savich, Di Lorenco, Beukema, Bonjorno, Spinaccola, Lobotka, Politano, Angissa, De Bryuyne, Maktomini, Xoylund.
Chetlatish: Di Lorenco (21).
22. Gol urish uchun ideal nuqta edi bu jarima. Lekin Reyndersning zarbasi jonli devordan o'tmadi.
21. QIZIL KARTOCHKA! Jovanni Di Lorenco maydondan chetlatildi.
19. Di Lorenco jarima maydonchasi yonida so'nggi umid foli sifatida Xolandni yiqitdi. Hakam bittada qizil kartochka bergani yo'q. VAR ishga tushdi.
17. ZARBAAAAAAAA!! "Napoli" hisobni ochishga yaqin keldi. Burchakdan uzatilgan to'pni Beukema boshi bilan Donnarumma darvozasi sari yo'lladi. Jijidan superseyv!
15. "Siti" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Fodenning uzatmasiga Gvardiol boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.
12. "Napoli" Husanovning qanotidan hujumga o'tdi. Angissa ilk urinishda Husanovni aldadi, ikkinchisida esa Abduqodir o'z ustunligini namoyish qilib berdi.
10. Burchak zarbasidan "Siti" unumli foydalanishi mumkin edi. Uzatilgan to'pni Doku to'xtatishda qiynaldi. Himoyachilar to'pni tepib yubordi, to'p markazdagi Husanovgacha bordi.
9. ZARBAAAAA!! Tijani Reyndersning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi.
5."Siti" tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Doku katta masofani bosib o'tib, Xoland tomon to'pni oshirdi, himoyachi to'pni qaytargandi. Dokuning o'zi hujumda fol ishlatdi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan, ECHL madhiyasi yangradi. Bahs startiga oz vaqt qolmoqda.
- Hurmatli futbol ishqibozlari! Husanov Xoylundga, de Bryuynega qarshi bo'ladigan o'yin startiga oz vaqt qolmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar