So’nggi yangiliklar

16:40Мутолаа учун. Самарадорлик бўйича Фалькао ва Жирудан қолишмаган ҳужумчи фаолиятини якунлади  0 16:20Про лига. 16-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  0 15:51Руни: "Бу "Манчестер Юнайтед" эмас. Мен бу футбол клубини танимаяпман"  1 15:25МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 Беларусга ютқазди  4 15:05Биласизми? "Насаф" ўз уйида шу пайтгача Саудия Арабистони клуби билан икки марта ўйнаган  2 14:43"Навбаҳор" футболчиси шартномани бир тарафлама бекор қилди. Клуб бир неча ойлик иш ҳақи бўйича қарздор  6 14:22Калмурза: "Реал"га қарши бутун мамлакат учун ўйнаймиз"  0 13:55"Бунёдкор" "Қўқон-1912" билан муроса кўчасини танлаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:25Бир ўйин тарихи. 2006 йилга қайтамиз. "Ал Ҳилол"нинг Қаршига биринчи ташрифи қандай якун топган?   10 13:24Амир Тўрақулов: "Ишонч, умид, муҳаббат" ибораси жамоамиз шиорига айланган"  0 12:55"Реал" афсонавий дарвозабон вафот этганини эълон қилди  0 12:28"Манчестер Сити" етакчиларидан бири Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 12:00Футзал бўйича Олий лига. БМБ 10 та гол урди, ОКМК ва "Локомотив"да ишончли ғалаба  1 11:25"Қайрат" ва "Реал" ўртасидаги тарихий тўқнашувнинг бош ҳаками маълум  8 10:43Италия терма жамоаси собиқ устози "Ал Иттиҳод" бош мураббийи бўлиши мумкин  0

“Metallurg”: Jamoaga umumiy rahbarlik Rustam Mirsodiqovga yuklatilgan Yangiliklar

“Metallurg”: Jamoaga umumiy rahbarlik Rustam Mirsodiqovga yuklatilgan

Teglar :  Metallurg
Bekobodning “Metallurg” jamoasi murabbiylar shtabining kengaytirilgan yig'ini bo'lib o'tdi.

Unda jamoa o'yinchilari 21 dekabrdan etiboran yangi mavsumga tayyorgarlikni Toshkent viloyati CHirchiq shahrida boshlashi elon qilindi.

Dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'inida asosiy etibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini tiklash masalasiga qaratiladi. Mashg'ulotlar 30 dekabrga qadar olib boriladi. Undan keyin Yangi yil bayrami munosabati bilan kichik tatil elon qilinadi va o'yinchilar 2016 yilning 4 yanvaridan navbatdagi yig'inga kirishishadi.

Murabbiylar kengashida jamoa tarkibida bazi o'zgarishlar yuzaga kelayotganligi malum qilindi. Jumladan, mavsum oxirida ko'zini operaciya qildirgan katta murabbiy Mikola SHevchenko salomatligini tiklab olishi uchun vazifasidan ozod etishlarini so'ragan. Uning vazifasini endilikda XXII Osiyo o'yinlarining chempioni, uch karra O'zbekiston chempioni, bir necha bor mamlakat chempionatining sovrindori bo'lgan va ikki marta O'zbekiston kubogini boshi uzra baland ko'targan Fevzi Davletov bajaradi.

Mashg'ulotlarni tashkil etish, raqiblar o'yinini o'rganish, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rish jarayonida Fevzi Rizaevichga xuddi uning kabi Xirosima stadionlarida mahorat ko'rsatib, Osiyo o'yinlarining chempioni bo'lgan, besh karra O'zbekiston chempioni va O'zbekiston kubogi sohibi Abduqahhor Marufaliev va klub tarixidagi eng yorqin hujumchilardan biri bo'lgan Ilyos Qurbonovlar yordam berishadi. O'z navbatida I.Qurbonov yoshlar tarkibiga masul Odil Isaboevning ham yordamchisi sifatida ham foaliyat yuritadi.

Jamoaga umumiy rahbarlik bosh murabbiy Rustam To'xtamurodovich Mirsodiqov zimmasiga yuklatilgan. Saidov SHavkat Nematovich esa jamoa boshlig'i vazifasini bajarishda davom etadi.

O'z navbatida jamoaning asosiy tarkibi ananaviy ravishda saqlanib qolinayotganligini aytib o'tish kerak. To'g'ri, tarkibda kichik juziy o'zgarishlar bo'lishi kutilyapti. Jumladan, yaqinda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida yig'inda ishtirok etib kelgan hujumchimiz SHohnazar Norbekov o'z kuchini yaqin qo'shnilarimiz – Qozog'iston chempionatida sinab ko'rishga qaror qilgan. Jamoaning rossiyalik yagona legioneri Aleksandr Kovalev ham o'z mamlakatiga qaytishni lozim topdi. O'z navbatida barcha chiziqlarni kuchaytirish maqsadida boshlanajak yig'inga yangi o'yinchilar ham taklif etilyapti. Ammo ulardan qaysi biri klubda qoladi, bekobodliklar safini yana kimlar tark etishi mumkin degan savollarga esa ikkinchi yig'in davomida javob olamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика