So’nggi yangiliklar

08:06"Реал" футболчисини Бразилия клубига текинга қўйиб юбормоқда  0 07:35МЮ АҚШдаги кичик турнирда ғалаба қозонди  0 07:15"Андижон" ва "Хоразм" учтадан гол уриб ғалаба қозонишди, "Сурхон" — "Қизилқум" баҳсида эса голсиз дуранг қайд этилди  0 01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  1 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  6 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  12 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  29

"Metallurg": Jamoa ertaga Andijon safariga jo'naydi Yangiliklar

"Metallurg": Jamoa ertaga Andijon safariga jo'naydi

Teglar :  MetallurgAndijon
Mamlakat milliy chempionatining 26-turida Bekobodning "Metallurg" jamoasi safarda "Andijon" klubiga qarshi to'p suradi. Bekobodliklar vodiy sari ertaga yo'lga chiqishadi.

Ayni paytda jamoa azolari CHirchiq shahrida bo'lajak uchrashuvga qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda. CHempionat yakuniga etgan sari o'yinlar yanada murosasiz, qizg'in tus olmoqda. Barcha klublarga ochko suv va havodek zarur bo'lib turgan bir paytda ayniqsa autsayderlarga qarshi o'yin og'ir kechishini bekobodliklar yaxshi bilishadi. SHu boisdan ham murabbiylar har kuni ikki mahaldan mashg'ulotlarga zo'r berishmoqda. Murabbiylar qo'l ostidagi o'yinchilarning barchasi bo'lg'usi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor. Faqatgina O'zbekiston U-19 jamoasiga jalb etilgan Islomjon Qobilov hamda Javohir Esonqulovlardan tashqari. Jasur Abduraimov rahbarligidagi termada I.Qobilov har ikkala o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, J.Esonqulov Avstraliyaga qarshi kechgan o'yinning ikkinchi taymida zahiradan maydonga tushdi.

Mazkur jamoalar bugungacha 33 ta uchrashuv o'tkazishgan va shulardan 14 tasida "Metallurg", 11 tasida "Andijon" jamoasi g'alaba qozongan. 8 ta o'yinda esa kuchlar teng kelgan. Kritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi - 59:51, bekobodliklar foydasiga. Jamoalarning birinchi davrada Bekobodda o'tkazilgan o'yinida mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishgandi. Murodjon Toshmatov, Dilmurod Karimov hamda Zohid Abdullaevlar tomonidan kiritilgan gollarga Islombek Isoqjonov bitta aniq zarbasi bilan javob qaytargandi.

Ayni paytda "Metallurg"ning asosiy tarkibi 42 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalida 5-o'rinni egallab turgan bo'lsa, yoshlar tarkibida 44 ochko bor va ular "Paxtakor", "Navbahor" yoshlari bilan ikkinchi-to'rtinchi o'rinlarni bo'lashib turishibdi.

Andijondagi uchrashuvni oliy toifali hakam Hasan Ro'ziev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Olim Abduvosilov hamda Nabijon Ro'zievlar yordam berishadi. Zahiradagi hakam Anatoliy Rubakov, hakamlar brigadasining barchasi Toshkent shahridan. Hasan Ro'ziev bu yilgi mavsumda “Andijon” ishtirokidagi ikkita uchrashuvni boshqargan. Safarda o'tkazilgan o'yinlarning birinchisida “Andijon” “Qizilqum”ga 1:2 hisobida boy berib qo'ygan bo'lsa, Farg'onada “Neftchi”ga qarshi kechgan o'yinda 2:1 hisobida g'alaba qozongan. “Metallurg” esa bu hakam boshqaruvida Jizzaxda “So'g'diyona”ga qarshi kechgan uchrashuvda durang o'ynagan – 0:0.


Andijon (Andijon) – Metallurg (Bekobod)
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика