"Metallurg" Davron Ergashev bilan xayrlashdi
09 iyu 2024 18:06
Yangiliklar
"Metallurg" Davron Ergashev bilan xayrlashdi
Davralar oralig'idagi tanaffusda Bekobodning “Metallurg” jamoasi yana bir legioner o'yinchisi bilan xayrlashdi.
Klub tojikistonlik tajribali himoyachi Davron Ergashev bilan o'zaro kelishuvga binoan shartnomani bekor qildi.
Davron Ergashev “Metallurg”ga 2024 yil boshida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasidan kelib qo'shilgandi. Yarim mavsum davomida Ergashev “Metallurg” libosida Superliganing 9 ta uchrashuvida maydonga chiqdi: 7 ta o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlagan bo'lsa, 2 ta bahsda zahiradan o'yinga tushirildi. 662 daqiqalik faoliyati davomida u 1 marta sariq kartochka bilan jazolandi. O'zbekiston kubogining guruh bosqichi bahslarida esa ikkita o'yinni maydonda to'liq o'tkazdi.
“Metallurg” futbol klubi Davron Ergashevga Bekoboddagi faoliyati uchun minnatdorlik bildiradi va uning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar