So’nggi yangiliklar

21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  0 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1 21:12"Челси" — "Ливерпуль". Бироздан сўнг бошланадиган ўйиннинг асосий таркиблари билан танишинг  10 21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  95 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  4 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  15 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  32 18:53Суперлига. "Динамо" Термизда ишончли ғалабага эришди  11 18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  34 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  2 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  3

"Metallurg" Bekobodda "Nasaf"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Metallurg" Bekobodda "Nasaf"ni mag'lub etdi

Teglar :  MetallurgNasaf
Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bekoboddagi o'yinning 9-daqiqasida Dilmurod Karimovning olis masofadan bergan zarbasidan so'ng Eldorbek Suyunov to'pni maydondan tashqarisiga chiqarib yubordi. 22-daqiqada Islom Rashidxonov ikki himoyachi orasidan o'tib darvozabon bilan yakkama yakka chiqib ketayotgandi. Zarba berishga ham ulgurdi. Ammo so'nggi pallada to'pga Davronbek Karimqulov oyoq qo'yishga erishdi va xavfni bartaraf etdi. 31-daqiqa. “Nasaf”da o'zgarish: Bahrom Abdurahimov o'rniga Azizjon G'aniev tushdi.


40-daqiqa. Gevorkyanning zarbasi, Odilov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 44-daqiqa. Javohir Esonqulovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasini Dilmurod Karimov amalga oshirdi. Yaqin burchakka yo'naltirilgan to'pni Eldorbek Suyunov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

Birinchi taymda hisob ochilmadi. Uchrashuvning 69-daqiqasida hisob ochildi. Mezbonlar vakili Dilmurod Karimov "Nasaf" darvozasini ishg'ol qildi - 1:0. Uchrashuv boshqa gol urilmadi va "Nasaf" oliy ligidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.


Metallurg (Bekobod) – Nasaf (Qarshi) 1:0
16 may 2016. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 17:00
Hakamlar
: Z. Qodirov (Navoiy), R. SHoyaxmetov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

Gol: Dilmurod Karimov 69, - 1:0 (Murodjon Toshmatov)

“Metallurg”: 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Hikmat Hoshimov, 6.Dilmurod Karimov, 7.Doniyor Odilov (40.Islomjon Qobilov, 58), 8.Ayubxon Numonov, 13.Javohir Esonqulov (9.Farhod Nomozov, 81), 14.Davronbek Karimqulov, 15.Zohid Abdullaev, 17.Mirg'iyos Sulaymonov, 22.Murodjon Toshmatov (77.Saidjon Abdujabborov, 75), 70.Jahongir Abdumo'minov,
Zaxira: 91.Zafar Safaev, 10.Jasur Hakimov, 19.Ergash Ismoilov, 21.Visol Magerramov.

“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 7.SHuhrat Muhammadiev (9.Ilhom SHomurodov, 75), 23.SHerzod Azamov, 10.Dilshod Rahmatullaev, 17.Artur Gevorkyan, 18.Bahrom Abdurahimov (6.Aziz G'aniev, 31), 31.Saydullo Rahmatov, 20.Erkin Boydullaev, 21.Azamat Allaniyozov, 27.Islom Rashidxonov (45.Bobur Abduxoliqov, 68).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Ildar Mamatkazin, 19.Deyan Bolevich, 38.Doniyor Narzullaev, .

Ogohlantirishlar: Saydullo Rahmatov 45, Jahongir Abdumo'minov 45+3, Doniyor Odilov 56, SHuhrat Muhammadiev 65, Dilmurod Karimov 65, Dilshod Rahmatullaev 90+1.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика