So’nggi yangiliklar

07:36EЧЛ турнир жадвали. «Ливерпул»да юз фоизли натижа. «Реал» 24-ўринда  2 03:42Небойша Йовович: "Насаф" бугун креативлик ва бўшлиқ яратишда оқсади. Биз эса интизомни сақлаб қолдик"  1 03:00ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни ожиз қолдирди. Мбаппе муҳим паллада пенальтидан гол ура олмади  165 02:55ЕЧЛ. "Ювентус" ва "Астон Вилла" дуранг ўйнашди. "Боруссия Д"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  8 02:14Руд ван Нистелрой шу ҳафтанинг ўзида АПЛ клубида иш бошлайди!  0 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  4 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  1 23:30ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  13 22:59Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  15 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  79 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  317 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  2 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  8

Messi va Ronaldudan pul ayagan “Arsenal” yoxud tan olinmagan iqtidorlar Yangiliklar

Messi va Ronaldudan pul ayagan “Arsenal” yoxud tan olinmagan iqtidorlar

“Real” o'z vaqtida Koutinoni arzimagan pulga xarid qilishi mumkin edi. Bugun grandlarning transfer bozorida yo'l qo'ygan xatolari borasida so'z yuritamiz.

Professional darajada, kuchliroq klubda o'zini ko'rsatib ulgurgan o'yinchilarga talabgorlar ham ko'p bo'ladi. Neymarda Ispaniyaga kelishdan oldin “Real” yoki “Barselona” o'rtasida tanlash imkoniyati bo'lgan. Ronalduda ham ko'plab takliflar bo'lgan. Messi kelajakda “odam” bo'lishini sezib qolganlar, uni “Barselona”dan olib ketish harakatiga tushib qolgan, biroq na vadalar, na pul ish bermagan. 

Ammo siz bilan jamoalar arzimagan pul evaziga, yosh iqtidorlarni sotib olishi mumkin bo'la turib, futbolchiga ishonmagani va yillar o'tgach afsuslangan holatlarni ko'rib chiqish qiziqroqdek. Xo'sh, vaqtida bo'lajak yulduzlardan kim arzimagan pulni qizg'angan?

Messi va Koutino “Real”da?
Yaqin kunlar ichida Lionel va Filippe “Barselona” jamoasi mashg'ulotlarida topishishi mumkin. Ammo barchasi umuman boshqacha bo'lishi mumkin edi. Messi uzoq yillar avval, Koutinoni “Real” tarkibida uchratardi, agar 2008 yil, braziliyalik 16 yoshdaligida, “qirollik klubi” futbolchi iqtidoriga ishonganida. Transfer narxi arzimagandi – ikki yarim million evro edi.

“Real”dagilar esa 1.4 mln. evaziga Alipiuni sotib oladi. Bu ismni eshitganmisiz o'zi? Xullas, o'sha Alipiu Kiprda ham o'ynab keta olmadi, Koutino esa shu kunlarda “Barselona”ga kelib qo'shiladi va Leo Messi bilan sovrinlar yutishga harakat qiladi. Ammo vaqtida bolakay Leoni otasi Evropaga “Barselona” uchun olib kelmagandi. Kataloniyaliklar xatto yosh futbolchining davolanish xarajatlarini ham to'lashni xohlamagan.

Messi o'n to'rtga to'lganda va yoshlar jamoalarida o'zini ko'rsata boshlaganda ham, Kataloniya klubi o'smirning o'ta katta maoshi tufayli ikkinalib qoladi. “Real”  ko'proq berishga tayyor edi, ammo futbolchining otasi odatga ko'ra, kerakli shartlar asosidagi shartnoma imzolanishiga erishdi. Masalaning muhim jihati futbolchining yoshi va narxida edi. Leo Messi o'n ikki yoshidan “Santyago Bernabeu”da o'ynashi va hozirda “Real” afsonasiga aylanishi mumkin edi. Tasavvur qilyapsizmi, Lionel Messi — “Real” azosi!

Koutino esa Madridga o'n olti yoshida, yani aytib o'tganimiz, 2008 yilda ko'chib o'tishi mumkin edi. Ammo “qaymoqranglilar” nishonga aniq ura olishmadi. “Inter” 3.8 mln evro to'lab berdi va keyinroq 10 millionga sotib yubordi. Uni o'shanda 10 mln. evroga sotib olgan “bechora” “Liverpul” hozir 130-170 mln. evro atrofidagi mablag'ni topadi. “Real” Messi va Koutinoni bir necha millionga sotib olib, yuzlab millionlarni tejash va ko'plab sovrinlarga ega chiqishi mumkin edi.

Ronaldu sal qolsa “Yuventus”ga o'tib ketardi...
Krishtianu futbol dunyosidagilarga tanilib ulgurganda, ko'pchilik puldorlar uni o'z safiga qo'shib olish niyatiga tushib qolgandi. Ammo biz skautlar ishi va izlab topilgan iqtidor uchun “ayalgan” bir-ikki million haqida gapiryapmiz. Ronaldu yosh paytida Turinning “Yuventus” klubi safida “porlashiga” juda yaqin kelgan. Bu biz o'ylab topgan voqea emas. Ronalduning o'zi intervyularidan birida bu haqida aytib o'tgandi. “Sporting”da paydo bo'lgan iqtidorni “MYU”, “Real” va “Yuventus” o'z safida ko'rish niyatida bo'lgan.
2002 yilda Ronaldu haqida hali ko'pchilik bilmas, “Yuventus” esa uni sotib olmay, vunderkind o'rniga Marselo Salasni berib yubormoqchi edi. Transfer amalga oshardi, faqat... Faqat turinliklarga chililikning qaysarligi pand berdi. Futbolchiga Lissabon shahri va “Sporting”da o'ynash varianti yoqmadi. Undan keyin esa “Yuventus” portugaliyalik yosh, ozg'in o'spirin uchun ikki-uch millionni ko'p ko'rdi.

SHuningdek, portugaliyalik transferida ser Aleks Fergyusonning qatiyati muhim rol o'ynagan bo'lishi mumkin. Ser Aleks rahbariyatni Krishtianu kerakli futbolchi ekanligiga ishontira olgan va “pul ketsa ketsin, obro' ketmasin” deb yuborgan bo'lsa ham ajabmas. Sababi, Fergi o'z vaqtida boshqa bir Ronalduni shunga o'xshash vaziyatda qo'ldan chiqargani yodida edi. Jahon futboli tarixi boshqacha tus olarmidi, agar 1994 yili “MYU” bor yo'g'i 5 mln. funt sterlingdan voz kechib “so'yloq tish”ni o'z safiga qo'shib olganda!

Ingliz grandlari qo'ldan chiqargan bo'lajak yulduzlar
Agar yangi avlod vakillariga qarasak, Dele Alli vaqtida muxlislik qiladigani – “Liverpul” klubi safiga o'tmaydi. Sabab – “qizillar” 1-2 million ko'proq to'lashga rozi bo'lmaydilar. Keyn voqeasi esa undan ham zo'r. U “Arsenal” maktabida futbol sirlarini o'rganib, katta bo'lgan. O'shanda hujumchiga jiddiy qarab, uni jamoada saqlab qolishganda, forvard hozir Vengerni xursand qilib yurarmidi?!

Arsen Vengerning o'zi esa Messi va Ronaldu bilan aloqaga chiqqanini bir necha bor takidlagan. Emishki, Pikeni londonliklar Sesk bilan birga sotib olishlari mumkin bo'lgan. Bundan tashqari Venger ancha oldin Mbappe bilan tanishgan, xuddi Zinedin Zidan kabi. Ammo uni eshitishmadi, quloq solishmadi va natijada iqtidor “qulog'ini ushlab ketdi”. Dembele ham Angliyaga ko'chib o'tishiga bir qadam qolgandi, ammo o'ychi inglizlar o'ylanguncha, dortmundning “Borussiya”si ishini bitirib ketdi.

Jezus bundan uch yarim yil avval, ona yurti Braziliya JCH-2014ga tayyorlanayotganda yo'lakchalarni bo'yash orqali pul topgani hech kimga sir emas. Giggz o'shanda yosh futbolchini kuzatgan va “Manchester Yunayted”ga Jezusni sotib olish kerakligi haqida aytgan. Transfer inglizlarga besh millon funt atrofidagi summaga tushardi. “Palmeyras” ikkinchi jamoasi vakili uchun ko'pmi? Yo'q, axir ko'p o'tmay, “Real” Vinisius uchun 45 mln. evro berdi.

Aytgancha, Mbappe ham Rayan nazariga tushadi, ammo... Angliyada “Pogba xatosini” takrorlashi mumkin. Yodingizda bo'lsa, Pol “Yuventus”ga deyarli tekinga ketib, Manchesterga millionlar evaziga qaytgan!

Yo'l qo'yilgan xato tobora qimmatga tushmoqda
Yosh iqtidorlarni qo'ldan chiqarish bo'yicha Arsen Vengerga teng keladiganini topish mushkul vazifa. Birinchidan, u keng qamrovli “qidiruv” ishlarini olib boradi va yosh iqtidorlarni topa oladi. Yani skautlik borasida muammo yo'q. Ammo franciyalik mutaxassisda xaridor sezgirligi yo'q. Ha, omadli “yurishlar” bo'lgan – misol uchun “Barselona”dan kelgan Sesk kabi. Biroq omadli transferlardan, xatolar ancha ko'p.

Misol uchun, Zlatan ismi tushirilgan “kanonirlar” futbolkasini qo'liga ham olib ulgurgandi. SHved u bilan qanday suratga tushishni mashq qilayotganda, inglizlar hujumchi avval ko'rikda bo'lishini xohlashadi. SHu erda ishga bevosita Ibragimovich aralashadi va Vengerga rad javobini beradi. CHunki Zlatan ko'riklarda ishtirok etmasdi. CHindan ham, istalgan klubda bu kabi voqealar topiladi, lekin Venger o'shandaylardan butun boshli yulduzlar jamoasini tuza olgandi.

Bu jamoada istalgan futbolchini ko'rasiz, Xartdan tortib, Varan va Kompanigacha, Beyl, Di Mariya, Messi va Ronaldu ham “tarkibda” bor.


Takidlash lozim, bu ishda “nishonga aniq urish” ham oson ish emas. Qiziqish uchun 8-10 yil avval “Eng iqtidorli yoshlar” deb atalgan futbolchilar ro'yxatini toping va u erdagilarning o'rtacha 90 %  imkoniyatlarini to'liq ko'rsatib bera olmaganini ko'rasiz. Texnika va texnologiyalar qanchalik rivojlangan bo'lmasin, bu insonlar kelajakni ko'ra olmasliklariga yana bir isbot.

Venger agar Ronaldu va Messi yillar o'tib futbol tarixidagi afsonalar qatoridan joy olishini bilganda pulni ayamagan bo'lardi. Eng qizig'i, “Monako” butun dunyodagi raqobatchilarini ortda qoldirib “Klerfonten” akademiyasidagi Mbappeni qo'lga kiritadi. Endi o'shandagi epchilligi uchun klub PSJ dan 180 mln. evroni qurtday sanab ololmaydi, chunki parijliklar transfer pulini hisob raqamiga o'tkazishadi. Allini yoki Keynni sotadigan bo'lsa, “Tottenxem” ham moliyaviy tomonlama juda katta foyda ko'radi. “Yuventus” esa Pogba uchun “Manchester Yunayted”ni qattiq jazolab bo'ldi.

Bu transfer oynasida ham, aynan bugun, shu soniyada ham grandlardan biri argentinalik, germaniyalik yoki o'zbekistonlik iqtidordan voz kechayotgan bo'lsa ne ajab, ammo oradan ikki-uch yil o'tib ular jahon yulduzi bo'lishganda “dod solishning” foydasi bo'lmaydi.

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика