Messi: "Men haqimda mish-mish tarqatish oddiy ishga aylanib qoldi"
30 mar 2019 10:43
Yangiliklar
Messi: "Men haqimda mish-mish tarqatish oddiy ishga aylanib qoldi"
"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Marokashga qarshi o'ynamaslik uchun jarohatni bahona qilgani haqidagi ayblovga munosabat bildirdi.
"Kimlardir o'zi xohlagan narsani gapiradi, qolganlar esa bunga ishonib, meni iflos odam deb o'ylaydi. Men haqimda mish-mish tarqatish oddiy ishga aylanib qoldi. Bunday hayron bo'lmayapman.
Terma jamoa safida ikkala o'yinda ishtirok etmoqchi edim, biroq birinchi bahsdan so'ng og'riq sezdim va jarohatni chuqurlashtirmaslikka qaror qildim. Muammo hali hal bo'lgani yo'q. Sondagi jarohatdan bir kundan qutilib bo'lmaydi. O'zimni yaxshi his qilyapman, ammo ehtiyot bo'lishim kerak" - deydi forvard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar