Messi ketmasidan "Barselona"da 10-raqamga davogar topildi
30 avg 2020 15:45
Yangiliklar
Messi ketmasidan "Barselona"da 10-raqamga davogar topildi
"Barselona" hujumchisi Martin Breytueyt Lionel Messi ketgan taqdirda raqamini almashtirmoqchi.
Daniyalik futbolchi argentinalik "Barsa"dan ketsa, 10-raqamni o'ziniki qilmoqchi.
Qishda Breytueyt klubga o'tganida rahbariyat bilan shu narsani muhokama qilgan va Messi ketganida yoki faoliyatini yakunlaganda shu raqamda o'ynashni xohlashini bildirgan.
Qayd etish kerakki, Breytueytning "Barsa"dagi kelajagi so'roq ostida. Bosh murabbiyi Ronald Kuman uni mashg'ulotlarda ko'rmoqchi va shundan so'ng qaror chiqarmoqchi.
Futbolchi yakunlangan mavsum "Barselona" libosida La Liga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar