Messi jarohatdan qutulib qoldi
11 apr 2019 22:37
Yangiliklar
Messi jarohatdan qutulib qoldi
Bugun “Barselona” sardori Lionel Messi ECHL ¼ finalida MYUga (1:0) qarshi bahsda olgan jarohati bois tibbiy ko'rikdan o'tdi, deya xabar bermoqda El Mundo Deportivo.
Nashr xabariga ko'ra, yuzidagi gematomalarga qaramay, futbolchi jiddiy jarohat olmaganligi malum bo'ldi. U kataloniyaliklar safida keyingi bellashuvdayoq (La Liga, 13 aprel, 32-turda “Ueska”ga qarshi bahsda) maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Messi Manchesterda o'tgan bellashuvda mezbonlar himoyachisi Kris Smollingning yuz qismiga bergan zarbasidan keyin o'zini biroz noqulay his qilgandi. SHunga qaramay 31 yoshli futbolchi bahs so'nggiga qadar maydonda harakat qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar