Messi Braziliya va Iroqqa qarshi o'ynamaydi
25 sen 2018 12:36
Yangiliklar
Messi Braziliya va Iroqqa qarshi o'ynamaydi
"Barselona" etakchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining oktyabr oyidagi o'rtoqlik o'yinlariga chaqirilmadi.
Bu haqda "FourFourTwo" xabar berdi. Argentinaliklar 11 oktyabrda Iroqqa qarshi, 16 oktyabrda esa Braziliya bilan bellashadilar. Har ikki uchrashuv ham Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.
Oldinroq, Messi milliy terma jamoada tanaffus olgani va 2018 yilda terma jamoada boshqa o'ynamasligi malum qilingan edi.
"Men Messi bilan gaplashdim. O'ylashimcha, u uchun terma jamoaga kelmaslik eng yaxshisi bo'ladi", - deya Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skalonining so'zlarini keltirdi "FourFourTwo".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar