Messi "Barselona"ga sensacion qaytish haqida o'ylamoqda
18 mar 2023 15:15
Yangiliklar
Messi "Barselona"ga sensacion qaytish haqida o'ylamoqda
Manbaning xabar berishicha, argentinalik yulduz "ko'k-anorranglilar" safiga qaytish borasida jiddiy bosh qotirmoqda. Uning PSJ bilan amaldagi shartnomasi kuchini yo'qotishiga atigi 3 oy vaqt qoldi. Messi hozircha shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Parijliklar buning ustida qattiq ter to'kayotgan bo'lsa-da, hozircha hech qanday oldinga siljish kuzatilmagani aytilmoqda.
La Liga vakili moliyaviy qiyinchiliklar bilan o'ralashib qolgan bo'lishiga qaramay, ushbu kelishuv sodir bo'lishi uchun yo'llarni izlayapti. Hujumchi faoliyati keyingi qismini MLS'da davom ettirishi ehtimoli yuqori edi, biroq endi u Ispaniyaga yo'l olishi kutilmoqda.
Messining "Pari Sen-Jermen"da qolishga qaror berishi ko'p jihatdan uning klub kelajakdagi rejalarida qanday o'rin tutishiga bog'liq.
Messi joriy mavsumni ajoyib formada o'tkazmoqda. U shu paytgacha 31 ta o'yinda "gol+pas" tizimida 35 ochko jamg'argan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar