Messi "Barselona"ga bir futbolchini sotib olishni maslahat berdi
06 iyu 2018 12:27
Yangiliklar
Messi "Barselona"ga bir futbolchini sotib olishni maslahat berdi
"Boka Xuniors" hujumchisi Kristian Pavon yozda Evropaga ko'chib o'tishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, "Barselona" forvardi Lionel Messi klub rahbariyatiga yosh argentinalikka etibor qaratishni aytgan. Bu ikki futbolchi milliy terma jamoada birga o'ynashgan.
Oldinroq, Messi Pavon haqida iliq fikr bildirgan edi: "Pavon men uchun ajoyib jamoadoshga aylandi. U yaxshi futbolchi. Pavon tezkor, to'g'ri qaror qabul qila oladi va butun tarkibdan ajralib turadi".
22 yoshli Pavon Argentina chempionatining so'nggi mavsumida 26ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 11ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar