Messi "Barselona" safida jarima zarbalaridan gol urish bo'yicha Kumanga etib oldi
12 jan 2017 10:43
Yangiliklar
Messi "Barselona" safida jarima zarbalaridan gol urish bo'yicha Kumanga etib oldi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jarima zarbalaridan gol urish bo'yicha ko'k-anorranglilar sobiq futbolchisi Ronald Kuman bilan tenglashib oldi.
"Atletik"ka qarshi Ispaniya Kubogi 1/8 finalining javob uchrashuvida (3:1) Messi 78-daqiqada jarima zarbasidan o'z jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
Bu argentinalikning Kataloniya klubi safidagi jarimadan urgan 26 goli. Kuman hisobida ham shuncha gol mavjud. Bu klub tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkich. Gollandiyalik bu muvaffaqiyat bilan Lionel tabriklashga ham ulgurdi.
"Leo Messi tabriklarimni qabul qil! Yangi rekordgacha yana bitta gol qoldi" - deb yozadi Kuman o'zining "Tvitter"dagi sahifasida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar