So’nggi yangiliklar

22:20Суперлига. "Андижон" – "Машъал" 2:0  0 22:19Александр Хомяков: "Жамоамиз характер кўрсата олди"  0 21:52Вадим Абрамов: "Бухоро" жамоасида ғалабага иштиёқ кўпроқ кўринди"  3 21:37"Реал" Камавингани сотиши мумкин. Даъвогарлар маълум  2 21:08Самвел Бабаян: "Икки мағлубиятдан сўнг ғалаба қозониш ўта муҳим эди. Янги жамоа туздик, бизга бироз вақт керак"  13 20:47Игорь Суров: "Бир киши кам бўлиб қолмаганимизда умуман бошқача ўйин бўларди"  1 20:25ОФК 2031 ва 2035 йилги Осиё Кубоги мезбонлиги танлови жараёнини тўхтатди  3 20:05"Бухоро" "Динамо"ни мағлуб этиб, турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  43 19:53Венесуэла терма жамоаси Тошкентда бўлиб ўтадиган FIFA Series турнири учун қайдномасини эълон қилди  4 19:07"Реал" Куртуани йўқотди  5 18:30"Ливерпул"нинг ёзги трансфер ойнаси учун асосий мақсади маълум  4 18:06Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди  77 17:35Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Япония билан ўйнайди  3 16:39ФИФА "Хоразм" футболчиси бўйича қарор чиқарди  1 16:07"Манчестер Сити" аллақачон Гвардиолага ўринбосар изламоқда. Мураббийнинг ўзи бунга қандай қарайди?  7

Igor Surov: "Bir kishi kam bo'lib qolmaganimizda umuman boshqacha o'yin bo'lardi" Yangiliklar

Igor Surov: "Bir kishi kam bo'lib qolmaganimizda umuman boshqacha o'yin bo'lardi"

Superliga 4-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Mashal" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa bosh murabbiyi Igor Surov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"Chetlatish o'yin natijasiga tasir o'tkazgani hech kimga sir emas. Chetlatishdan so'ng o'zgarishlarga qo'l urdik, ammo yordam bermadi. Harakat qildik va vaziyatlarga ega bo'ldik. Omad etishmadi. Bir kishi kam bo'lib qolmaganimizda umuman boshqacha o'yin bo'lardi", - dedi Igor Surov uchrashuvdan so'ng.

- "Mashal"dan bunchalik kuchsiz o'yin kutmagandim. Buning sababi nimada?
- 12-daqiqada futbolchimiz maydondan chetlatildi. O'zingiz o'yinni tomosha qildingiz-ku. Bir kishi kam bo'lib o'ynash kuchsiz o'yinmi? Biz o'z vaziyatlarimizga ham ega bo'ldik-ku. Aksincha biz juda munosib o'ynadik.

- "Mashal" to'rtta uchrashuvning barchasida mag'lub bo'ldi va yangi mavsumda gol urmadi...
- Muammolarimizni tushunib turibman, ammo statistika bo'yicha har bir o'yinda ko'p vaziyatlar yaratmoqdamiz. Realizaciya oqsamoqda. Bugun ham biri kishi kam bo'lib qolishimizga qaramay gol urishimiz mumkin edi. Yigitlar harakat qilishmoqda. Kayfiyat yaxshi. Yana bir bor takrorlayman, agar bir kishi kam bo'lib qolmaganimizda umuman boshqacha futbol namoyish etgan bo'lardik.

- Yangi mavsum boshlanishiga 15 kun qolganda keldingiz. Tarkibni va jamoa o'yinini qanchalik o'zingizga mos qilib o'zgartirib oldingiz?
- Tabiiyki har bir murabbiyning o'z talabi bo'ladi. Mening o'yin uslubim ham boshqacha. Jamoa bir kunda shakllanib qolmaydi. Tarkibimiz ham o'zgardi. Buning barchasiga vaqt kerak. Albatta, o'zgartirmoqchi bo'lgan jihatlar ko'p, lekin bizda ishonch bor.

Reyting:    

Fikrlar

   
19 mar 21:40:15
BXZ BXZ
Муборакни Маъшал жамоаси мухлислари хафа булмангку бу физрукни кайердан олиб келишди бундан кура узимизни мураббийлар анча яхши . Маъшал мухлисларига сабр тилайман .
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика