FIFA "Xorazm" futbolchisi bo'yicha qaror chiqardi
19 mar 16:39
Yangiliklar
FIFA "Xorazm" futbolchisi bo'yicha qaror chiqardi
Petropavlovskning "Qiziljar" jamoasi sobiq futbolchisi Rafael Sabino davosi bo'yicha FIFA sudida ishni yutqazdi.
2023 yilda tomonlar oyligi 2,7 million tenge bo'lgan shartnoma imzolagan. Ayni paytda "Xorazm" sharafini himoya qilayotgan braziliyalik yarim himoyachi qozoq jamoasi tarkibida ikki mavsum o'tkazgan.
Biroq mavsum yakunlanganidan so'ng Rafael FIFAga murojaat qilib, unga tegishli bo'lgan mukofot pullarini to'lab berishni talab qildi. Natijada FIFA "Qiziljar"ni 45 kun ichida futbolchiga 10 million tenge to'lashga majbur qildi.
Milich Churchich shogirdlari hozirda QPL musobaqasida 3 ochko to'plab, turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar