Messi: "Barselona" futbolchilari joriy mavsumdagi o'yini uchun maqtovga loyiq"
30 apr 2018 10:11
Yangiliklar
Messi: "Barselona" futbolchilari joriy mavsumdagi o'yini uchun maqtovga loyiq"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jamoaning joriy mavsum LaLigadagi chempionligi va yarim himoyachi Andres Inestaning yozda klubni tark etishi haqida fikr bildirdi.
"Biz bu g'alabani qadrlab, uni muxlislar bilan birga nishonlashimiz kerak. Ular shunga munosib.
Joriy mavsum raqiblarimizdan ancha yaxshi o'yin ko'rsatdik. Jamoamiz deyarli mag'lub bo'lmadi. Faqat Kubok va afsuski, CHempionlar ligasida mag'lub bo'ldik. Bu kutilmagan omadsizlik bo'ldi. Ammo joriy mavsum qilgan ishimiz tufayli maqtovlarga loyiqmiz, chunki bu juda qiyin.
Inesta ketishi juda alamli. Klubning ramziy futbolchilaridan Maskerano va Xavi ham bizni tark etdi. Bu yil navbat Inestaga keldi. U eng yaxshisiga munosib.
Afsuski, "Barselona" CHempionlar ligasida g'olib bo'la olmadi, shu sababli Inesta "trebl"siz ketmoqda. Ammo har qanday holatda ham u jamoani juda chiroyli tark etyapti" - deydi Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar