So’nggi yangiliklar

09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  0 09:15Ямал тарихга кирди  4 08:41Дембеле тарихда ушбу натижага эришган 10-футболчи бўлди  8 08:09Месси Дембелени табриклади  5 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  4 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  119 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  5 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  8 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  6 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6

“Barselona” Messi bilan sport tarixidagi eng yirik bitimni tuzgan. Futbolchi va klub buni tarqatganlarni sudga bermoqchi Yangiliklar

“Barselona” Messi bilan sport tarixidagi eng yirik bitimni tuzgan. Futbolchi va klub buni tarqatganlarni sudga bermoqchi

El Mundo gazetasi “Barselona” sardori Lionel Messining amaldagi shartnomasi bilan bog'liq hujjatning nusxasini qo'lga kiritgan.

Undagi malumotlar argentinalikning shartnomasi futbol tarixidagi eng yirik bitim ekanligini tasdiqlaydi. Kelishuv 2017 yil noyabrda amalga oshgan va shu yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.

Manbaga ko'ra, Messi 4 yil uchun 555.237.619 evro olishi kerak. SHartnoma tugashiga besh oy qolganini hisobga olsak, u hozirgacha 511.540.545 evro ishlab olgan.

Kataloniyaliklar Messi bilan tuzgan 30 sahifali shartnomada hujumchiga har mavsum uchun bonuslar bilan birga 138 mln evro to'lashni vada qilgan. SHartnomada 115.225.000 evrolik qo'shimcha bonus va sodiqlik uchun 77.929.955 evro miqdoridagi bonus mablag'i ham mavjud.

Mazkur malumotlarni tarqatib yuborgani uchun Messi va “Barselona” El Mundo nashrini sudga beradi. 

Marca yozishicha, Leoning advokatlari bunga sababchi bo'lgan bir necha shaxslarni ham sudga berishi mumkin. Ular orasida “ko'kanorranglilar” sobiq rahbari Xosep Bartomeu va Oskar Grau, klub prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Karles Tuskets hamda yana ikki kishi bor.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика