So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  3 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Messi "Barsa"ga qaytishga qarshi emas, ammo bitta muammo bor... Pike Yangiliklar

Messi "Barsa"ga qaytishga qarshi emas, ammo bitta muammo bor... Pike

Leo Messining "Barselona"ga qaytishi haqidagi mish-mishlar yana ispan matbuotida ko'paymoqda.

"Barsa" argentinalikning "Kamp Nou"ga qaytish xohishini bilib turibdi. Ammo, Leoni sobiq sherigi o'ylantirmoqda.



Jurnalist Mark Marbaning so'zlariga ko'ra, Leo o'zini "Barselona"da Jerar Pike bilan birga ko'rmaydi. Insayder Leoning motivaciyasi haqida gapirmadi, balki gap puldadir.


Yanvar so'nggida jurnalist Luis Kanut Leo Pikening ishidan xafa bo'lganini xabar qildi. Pike Messini jamoada qoldirish uchun maoshining kamayishiga rozi bo'lmagan.


"Pikening shartnomani uzaytirishi Messiga og'ir botdi va u xafa bo'ldi. Unga xiyonat qilganliklarini his qildi. Pike Messi "Barsa"dan ketmagunga qadar shartnomasini uzaytirmadi. Messining fikriga ko'ra, Jerar u ketishidan oldin shartnomani uzaytirishi mumkin edi", — deydi Kanut.


Pike "Barsa" va Xavi bilan janjallashmoqda — u "Atletiko"ga ketishi mumkin



Pikeda "Barselona" bilan anchadan beri keskin munosabatlar bor. Klub o'tgan yozdayoq undan gigant maoshi sabab qutulmoqchi edi. "Barsa" bilan oldingi shartnoma shartlariga ko'ra, Jerar Evropadagi eng katta maosh oladigan himoyachi edi — yiliga 28,4 mln evro (15 mln toza). U bunday maoshni Serxio Ramos (u 12,5 mln oladi)dan o'tib ketish uchun sobiq prezident Jozep Bartomeu bilan muzokaralarda qo'lga kiritgan.


Pike 2020 yilda yangi shartnoma imzoladi.



El Mundo'ning xabariga ko'ra, Pikening maosh bo'yicha shartnoma shartlari mavsum bo'yicha bunday ko'rinishda bo'lgan: 2020/21 yilgi mavsum — soliqlarga qadar 18 mln evro, 2021/22 yilgi mavsum — soliqlarga qadar 27,7 mln evro, 2022/23 — soliqlarga qadar 29,5 mln evro, 2023/24 yilgi mavsum — soliqlarga qadar 40,8 mln evro. Kataloniya OAVning xabariga ko'ra, Pike ikki marta maoshining tushishiga rozi bo'lgan — ilk bor Bartomeu qo'l ostida 2020 yil (50 foizga), ikkinchisi Joan Laporta kelganidan so'ng. Ammo, gap katta ehtimol bilan to'lovlarning kechiktirib to'lanishi haqida bo'lgan — klub qarzlarni yaqin vaqtlar ichida qaytarib beradi, yoshi katta himoyachining maosh o'sishi shu bilan bog'liq.


35 yoshli markaziy himoyachi hozirda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgan va jamoa bosh murabbiyi Xavi bilan kelisha olmayapti. Diario Sport'ning xabariga ko'ra, Pikega undan maoshining tushishini so'rashlari va asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgani yoqmayapti. Xaviga esa futbolchi doim nimadandir nolishi va klubdan nimanidir talab qilish yoqmayapti.


Pikega "Atletiko" tomonidan qiziqish bor — Diego Simeone mudofaa uchun o'yinchi izlamoqda, klub Pikeni himoya etakchisi sifatida ko'rmoqda. Ammo, hali hech qanday aniq narsa yo'q.


Pike Messining ketganidan yig'laganini aytdi. Ammo, ularning munosabatlari yaxshi emas



Leo "Barselona"dan ketganida, Pike xafa bo'lganini aytdi.


"Messi ketganida yig'ladim. U uchun yig'ladim. U faoliyatining so'nggiga qadar "Barselona"da qolsa ajoyib bo'lardi. Uning nega shartnomani uzaytirmaganini tushunaman. Klubda eski prezident va uning menejmenti sabab moliyaviy muammolar bo'lgandi. Baribir bunday narsalar sodir bo'ladi, siz oxirida amalga oshmaydigan qarorlar qabul qilasiz. Messi "Barselona" va muxlislar uchun qandaydir xudo edi. U qolsa ajoyib bo'lar edi", — dedi Pike.


Ammo, Pike va Messi o'rtasidagi munosabatlar bunga qadar buzilgan edi. Aniqrog'i, Leoning rafiqasi Antonella Rokucconing munosabatlari buzildi. Gap shundaki, u Pikening sobiq sevgilisi Nuriya Tomas bilan yaqindan gaplashardi. Jerar esa xunuk tarzda u bilan ajrashdi — Nuriya bilan ajrashgunga qadar SHakira bilan uchrashdi. Aynan shu sabab, Pike Messining to'yiga kelmagandi ham.




Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика